Selfilar davri: Selfi orqali o`zingizni ideal ko`rsatishga harakat qilasizmi?

Selfilar davri: Selfi orqali o`zingizni ideal ko`rsatishga harakat qilasizmi?

Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o`z postlarimizni va ko`plab o`z suratlarimizni ko`ramiz. Suratlarda har xil joylarda, har xil vaqtda va turli xil liboslarda biroq bir o`zimiz. Asosan o`zimizning yuz ko`rinishimiz bo`ladi va biz uni boshqalarga ko`rsatishga harakat qilamiz. Ozgina g`alati-ku, ammo bizga bu narsa yoqadi.

Selfi so`zi 2013-yilda shunchalik mashhur bo`ldiki, hatto uni Oksford ingliz tili lug`atiga rasman kiritishdi. Kimdir buni moda, kimdir kassalik deyishi mumkin.

O`zimizni rasmga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdan maqsad nima? Chiroyli va kelishgan ekanligimizni boshqalarga ko`rsatish uchunmi? Yoki boshqalarga o`zimizni ko`z-ko`z qilishga harakat qilamizmi? Moda bo`lgani uchunmi? Bundan kelib chiqib ko`rishimiz mumkin, turli hil hohishlar turtki bo`lishi mumkin.

Biz turli xil narsalarni telefon orqali suratga olamiz. Yuzimizni o`zgartiramiz, bizga yoqqan chiroyli joyni topib rasmga tushamiz. O`zimizni ideal holatda rasmga olamiz, keyin yana va yana. Balki biz, ideal surat va ideal inson ya`ni bu menman deb o`z-o`zimizga amin bo`lishimiz mumkin.

Selfi – bu yoshlarning yanada o`zlarini mano bilan to`ldirish harakati, o`zlarini boshqalar uchun ideal qilib ko`rsatish yoki muvoffaqiyatli ko`rsatishdir. Ba`zida, ushbu harakatlar ishlamasligi mumkin, chunki sizdan ham yaxshiroq va chiroyliroq selfi paydo bo`lishi mumkin.

Internetda selfini qanday qilib qiziqroq qilish haqida ko`plab maqolalar mavjud. Biz onlayn dunyoga o`z suratlarimizni joylashtiramiz va unda real hayot emas balki selfi yashaydi. Ko`pgina saytlar bizga qanday qilib yaxshi selfi olishni maslahat berishadi… ammo bu kim va nima uchun???

Biz Selfi yomon deb aytishni xohlamaymiz. yo`q! Biroq biz ushbu moda insonlarni boshqarishini va o`zgartirishini xohlamaymiz. Biz hursandchiligimiz va yaqinlarga minnatdorchilikni selfi orqali bildirishga o`rganib qoldik, ammo buni real hayotda qilishni unutamiz. Bizning istagimiz insonlar o`z his-tuyg`ulari (hursandchilik, tabbasum, qayg`u) bilan nafaqat suratda, balki real hayotda ham bo`lishishdir.

Maqola sizga manzur kelgan bo`lsa, o`z fikringizni komment orqali qoldirishni va do`stlaringiz bilan bo`lishishni unutmang!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social