Sevgi nayranglari

Sevgi nayranglari

Yoshlikda : “Agarda nozlansang, men seni sevmayman” degan iboralarni ko`p eshitgan bo`lsangiz kerak. Lekin aslida ular quyidagini nazarda tutganlar: “Menga quloq solgin”. Sevgan yigitingiz (qizingiz) sizga xar xil baxonalar topganda: “Sen birinchi bo`lib tirnoqlaringni tishlashni to`xtatgin (ishlashni, ayollar romanlarni o`qishni, sho`rva tayyorlashni bas qilgin va xakazo) balkim shunda uylanish haqida gaplashamiz”. Ammo bu erda nima nazarda tutilmoqda: “Menga sening tirnoq tishlashlaring yoqmayapti”. Albatta bu bir misol.

Xo`jayiningiz sizga: “Biz ishchilarimizni qadrlaymiz, biz juda ahil jamoamiz. Shuning uchun ham kamdan kam hollarda kimdir o`z hohishi bilan jamoamizni tark etishni istaydi”. Aslida esa: “Biz senga yaxshi munosabat qilamiz, agarda sen yaxshi ishlasang”.
Mana bular nayrangning (manipulyatsiya) xususiyati.

Eng ayyor va rahmsiz nayranglar ko`pincha oilalarda ishlatiladi. Agar farzand o`ziga nisbatan shunday munosabatni sezsa, U – eng qadrdon insonlari uni to`liq qabul qilishmayotgani, ular uni borligi uchun emas, balki u qilgan yoki qilmagan ishlari uchun sevishini anglay boshlaydi.

Manipulyatsiya sevishganlar o`rtasidagi munosabatlarda ham yaxshilikka olib kelmaydi. Bunday munosabatni tarozining bir boshiga sevgi, ikkinchi boshiga esa qandaydir shart qo`yishdek gap. Agar shunday bo`ladigan bo`lsa, demak sevgi – vaqti keganda uni biron bir xizmatga yoki pulga almashtirsa bo`ladigan molga o`xshab qoladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social