Sevgi va Vaqt

Sevgi va Vaqt

Bir vaqtlarda yer yuzida orol bo’lgan va unda barcha insoniy qadriyatlar yashagan edi.

Lekin ular bir kuni orol suv ostiga ketayotganini sezishdi. Barcha qadriyatlar o’z kemalariga chiqdi va suzib ketdilar. Faqat sevgi yolg’iz orolda qoldi. U so’nggi vaqtga qadar kutib turgan, lekin kutishga hech narsa qolmagan edi va u ham orolni tark etishga qaror qildi.

Shunda u Boylikni chaqirib, uning kemasiga chiqishini so’radi, lekin Boylik shunday deb javob berdi:

– Mening kemamda ko’plab qimmatbaho toshlar va oltinlar bor, sen uchun joy yo’q.

Orol yonidan Qayg’u kemasi o’tib ketayotganida, Sevgi undan so’radi, lekin u Sevgiga dedi:

– Kechirasan, Sevgi, men shunchalik xafaman, shuning uchun doim yolg’iz bo’lishim kerak.

So’ngra Sevgi Mag’rurlik kemasini ko’rdi va yordam so’radi, lekin u Sevgi uning kemasidagi uyg’unlikni buzadi deb javob berdi.

Yaqin orada Xursandchilik o’tayotgan edi, lekin u xursandchilik bilan shunchalik band edi-ki shuning uchun Sevgi murojaatlarini eshitolmagan. So’ngra, Sevgi, umidsizlikda qoldi. Lekin to’satdan u qayerdandir orqadan bir ovozni eshitdi:

– Men bilan yur Sevgi, seni olib ketaman!

Sevgi orqasiga o’girilib, bir qari odamni ko’rdi. U uni qirg’ogga olib borib, suzishda davom etdi, shunda Sevgi hatto uning ismini so’ramagani esiga keldi. O’shanda u Bilimdan so’radi:

– Kim meni qutqardi? Bu qariya kim edi?

Bilim Sevgiga qarab, dedi:

– Bu Vaqt edi.

– Vaqt? – qayta so’radi Sevgi. – Lekin nima uchun u meni qutqardi?

Bilim Sevgiga qarab shunday dedi:

– Chunki, hayotda Sevgi qanchalar muhimligini faqatgina Vaqt yaxshi biladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social