Sevgi yoki ayriliq? Qaysi biri kuchliroq?

Sevgi yoki ayriliq? Qaysi biri kuchliroq?

Dala chetida sevgi va ayriliq o’tirgan edi. Ular ikki juftlikga qarab o’tirishgan edi. Ayriliq sevgiga shunday dedi: “Men ularni ajratib kelaman!”

Sevgi shunday deydi: “Kutib tur, men ularning yoniga bir borib kelay, keyin sen xohlaganingda ularning yoniga borasan, keyin ko’ramiz ularni ajratib qo’ya olasanmi yoki yo’qmi”. Shunda ayriliq rozi bo’ldi.

Sevgi yosh juftlikka yaqinlashdi, ularga tegdi, ko’zlariga qaradi va ular o’rtasida qanday qilib uchqun paydo bo’lganligini ko’rdi… Sevgi tark etdi va dedi: “Ayriliq, endi sening navbating”.

Ayriliq esa shunday deb javob berdi: “Yo’q, hozir hech narsa qilolmayman, endi ularning qalblari sevgi bilan to’ldi. Keyinchalik ularning yoniga boraman.”

Vaqt o’tdi. Ayriliq o’sha juftlikning uyiga qaradi. Uyda ota qo’lidagi chaqaloqni va yosh onani ko’rdi. Ayriliq sevgi allaqachon o’tib ketganiga umid qildi, shuning uchun umid bilan ularning uyi eshigini kesib o’tdi. Lekin, ularning ko’zlarida Minnatdorchilikni ko’rdi. Ayriliq aylandi va dedi: “Mayli men keyinchilik kelaman”.

Vaqt o’tib, ayriliq yana qaytdi. Uyda bolalar o’ynashardi, charchagan er ishdan keldi va onasi bolalarni tinchlantirdi. Ayriliq endi ularni albatta ajratishga umid qildi, chunki bu vaqt ichida ham sevgi, ham minnatdorlik ko’pdan beri yuraklarini tark etishlari kerak edi. Lekin, ularning ko’ziga qarab Hurmat va Tushunishni ko’rdi. “Keyinchalik yana kelaman”, – dedi Ayriliq.

Vaqt o’tdi. Ayriliq o’sha uyga yana qaytib keldi. U bolalar allaqachon katta bo’lganini, oqargan sochli ota farzandlariga biror narsani tushuntirib berayotganin va xotini esa oshxonada nimadir pishirayotganini ko’rdi. Ayriliq ulardagi Ishonchni ko’rdi. “Keyinchalik yana kelaman” – dedi Ayriliq va ketdi.

Yana vaqt o’tdi. Ayriliq yana o’sha uyga keldi. Qarasa, uyda nabiralar o’ynayapti va kamin yonida keksa ayol o’tirgan edi. Ayriliq ko’rdi va o’z-o’zicha o’yladi: “Menimcha, mening vaqtim keldi.” U keksa ayolning ko’ziga qarashni xohladi, lekin u o’rnidan turib uyni tark etdi. Ayriliq unga ergashdi. Tez orada keksa ayol qabristonga kelib, qabr yoniga o’tirdi. Bu erining qabri edi.

“Menimcha, kechikdim va Vaqt mening ishimni amalga oshirdi.” – deb o’yladi Ayriliq.  Ayriliq keksa ayolning ko’z yoshli ko’zlariga qaradi. Ularda u Xotirani ko’rdi – Bu Sevgi, Minatdorchilik, Hurmat, Tushunish va Ishonch… xotirlari edi!!!

75759

 

Kommentlar: 33 komment. 33 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shodiya

    ajoyib

  2. rayhon

    Sevgi faqat ertaklarda bòlarkan faqat mening ertaklarimda

  3. Hayo

    Ajoyib kiss

  4. UZKO

    Ajoyib hikoya ekan cndanam!

  5. Fazo.tv

    Katta rahmat!

  6. Xursanoy

    Juda ham ajoyib laugh

  7. Dilnur

    Ayriliq bo’lsa kerak sevgi bu ertak

  8. Fazo.tv

    Salom Dilnur, nega bunday deb o’ylaysiz?

  9. Dilnur

    Assalomu alaykum. Men shirin sevgimdan ayrildim. Ayriliq, bu sevgini 1 yilda ajratdi. Shuning uchun sevgi bu ertak, keladi-yu ketadi.

  10. Fazo.tv

    Salom Dilnur! Inson bolaligida bolalarcha sevadi, katta bo’lganida kattalarcha sevadi. Haqiqiy sevgi sira tugamaydi. Haqiqiy sevgi abadiy davom etadi. Haqiqiy sevgi bir yilda tugab insonlarni bir-biridan ajratmaydi. Bir qaldirg’ochning uchib kelgani yoz keldi degani emas. Sizda hali hammasi oldinda. Yaratuvchimiz sizga mos va ma’qul keladigan juftni tayyorlab qo’yganiga imonim komil. Xabaringiz uchun rahmat.

  11. Dilnur

    Sizga ham kattakon rahmat. Yaxshi niyatlaringiz uchun Olloh sizdan rozi bo’lsin. yes

  12. Fazo.tv

    smile Sizga rahmat Dilur biz bilan bo’lishganingiz va biz bilan bo’lganingiz uchun! smile

  13. Zo'lushka

    Manimcha sevgi bo’lsa kerak. smile smile smile smile smile smile

  14. Fazo.tv

    smile To’g’ri! Sevgi har doim bo’lishi kerak, barcha ishlaringizda smile

  15. Hurijahon

    Ikki inson o’rtasida chindan ham muhabbat bolsa ularni hech kim ayrolmaydi. Eng muhimi o’rtada ishonchbolsa kifoya! Bu mening fikrim.

  16. Fazo.tv

    Hurijahon, fikringiz uchun katta rahmat smile smile

  17. Hurijahon

    Inson sevganidan ayrilmasligi uchun, doimo birga bolishi uchun nima qilishi kerak deb oylaysiz.

  18. Fazo.tv

    Hurijahon, bir biriga ishonish kerak, bir birini hurmat qilish kerak va bir biriga ozodlik berish kerak. Shundagina insonlar haqiqatdan ham baxtli bo’lishadi.

  19. Hurijahon

    Ozodlik berish kerak deganda nimani nazarda tutdingiz? O’rtani uzub , bir biridan uzoqlashishi kerakmi?

  20. Fazo.tv

    Salom Hurijahon, yo’q, sal noto’g’ri tushindingiz. Ozodlik berish kerak deganda, sevgan insonini har doim nazorat qilish kerak emas deganidir. Sevgan insoningiz ham odam, uning o’zi uchun vaqt kerak, unga shu vaqtni bering va har 5 minutda unga nima qilyapsan deb yozmang.

  21. Hurijahon

    U insonni hali ham meni sevadimi yoki yoqligini qayerdan bilsam boladi

  22. Fazo.tv

    Hurijahon, faqat uning o’zidan va uning hatti harakatlaridan. Balki siz u insonni qattiq xafa qilgandirsiz, lekin vaqt bering, vaqt o’tgan sari hammasi oydinlashadi. Inson sizni albatta kechiradi. Siz ham kechirim so’rashdan uyalmang.

  23. Hurijahon

    Kechirim sorasam ham foydasi bolmadi.

  24. Hurijahon

    U inson meni kechirmaydi, lekin aybim nimada ekanini ham bilmayman

  25. Fazo.tv

    Hurijahon, shu haqida unga tushuntiring. U sizni albatta tinglaydi

  26. Hadichaxon

    Assalamu alaykum. Man sevgimdan ayrildim. Uni juda qattiq sevaman. Lekin kasalligim sabab uni baxtsiz qilishni hoxlamadim. Lekin u mani notòģri tushundi . Bu holatda mandan xato òtgan bòladimi?

  27. Fazo.tv

    Salom Hadichaxon, sir bo’lmasa qanday kasallik? va u sizni qanday tushundi?

  28. Hadichaxon

    Salom kasallikni aytolmayman.. U boylik bilan aloqador deb tushundi.Aslida esa man uni bactli bòlishini xohlayapman. Mani yoqotgandan keyin qiynalmasin degapman. U esa mani tushunmadi. Va mani hiyonatkor deb òyladi.Va biz ayrildik.

  29. Fazo.tv

    Salom Hadichaxon, siz unga bor gapni aytdingizmi?

  30. HadichHadi

    HA AYTDIM

  31. Fazo.tv

    Salom HadichHadi, bu holatda xato sizda emas, inson sizni to’g’ri tushunmagan bo’lsa, u bilan yana bir suxbatlashib, tushuntirib ko’ring. Balki u paytda insonning jaxli chiqib, sizni tushunishni hoxlamagan. Endi vaqt o’tib, balki to’g’ri tushunar.

  32. Ali

    Assolomu alekum yaxshmsz menga maslahatiz kerak edi

  33. Aziza

    Yozib qolidiring, adminlar javob beradi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social