Sevgilingizga (xotin, qiz) 8 mart kuni nimalar sovg’a qilish kerak?

Sevgilingizga (xotin, qiz) 8 mart kuni nimalar sovg’a qilish kerak?

Sevimli ayolga sovg’ani tanlash uchun juda qattiq harakat qilish kerak va hatto katta miqdorda pul sarflash ham mumkin. Chunki sevgan insoningizning ko’zlaridagi baxt – bunga loyiqdir.

Zargarlik buyumlari. Deyarli barcha ayollar chiroyli bezaklar bilan quvonadilar. Shuning uchun, uzuk, marjon, sirg’a kabi sovg’alar albatta g’alaba qozonadigan sovg’alar sirasiga kiradi. Zargarlik do’konlari har qanday ta’mga qarab va pul uchun zargarlik buyumlarini taklif qiladi, barchasi imkoniyatlarga bog’liq.

Romantik kechki ovqat. Erkaklar ovqat tayyorlaganini tomosha qilish – bu ayol uchun haqiqiy zavqdir. Shunday qilib, xususiy retseptlar mavjud bo’lsa ham, yangi retsepti bo’yicha biror narsa tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Va shamlarni ham unutmang, chunki ularning shulasi oddiy ovqatlanishni noodatiy ovqatlanishga aylantiradi.

09

Guldasta. Atirgul guldastasi shunchaki berish oddiy bo’lib ko’rinishi mumkin. Yurak shaklidagi guldasta yoki yoqimli kichik o’yinchoq (quyon, ayiq) ajoyib tandemdir. Bundan tashqari, idishdagi gulni ham berish mumkin – bu kamroq romantic ko’rinishi mumkin, lekin agar yaqin o’sha inson gul o’stirishni yoqtirsa, unda bu ajoyib sovg’a hisoblanadi.

Kiyim. Agar siz kiyim sovg’a qilmoqchj bo’lsangiz, unda o’lchovni aniq tasavvur qilishingiz shart.

Yumshoq o’yinchoqlar. Odatda, agar qiz yosh va romantik bo’lsa, u o’zining bo’yi bilan baravar ayiqcha haqida orzu qilishi mumkin.

SPA-saloniga, massajga tashrif buyurish uchun sertifikat. Eng muhimi, bunday sovg’a yoqimli xotiralar qoldiradi. Siz ushbu salonga birgalikda borishingiz yoki uni yolg’iz jo’natishingiz mumkin va ayni paytda unga surpriz tayyorlashingiz mumkin. Bu yerda asosiy narsa ijodkorlik hisoblanadi.

010

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Assalom alaykum sovga qanday bolsa ham muhimi u uchin ajratilgan vaqt etibor mehr deb oylayman

  2. Тимур

    Салом Гулли, сизга кандай совгалар ёкади?

  3. Gulli

    Assalom alaykum menga chin kongildan berilgan sovga bolsa bold I uni qanday ekanligi muhimas va uning qanday qanaqa ekanligi xam

  4. Gulli

    faqat man uchun atalgani va menga olingani qanday sovga katta yoki kichikmi muhimas chunki u faqat man uchun olinishi muhim

  5. Gulli

    lekin asosan yumshoq oyinchoqlarni juda yaxshi koraman

  6. Тимур

    Пул беришса, бунга кандай карисиз?

  7. Gulli

    manga keragi yoq va bunday taklif bolmagan

  8. Gulli

    bittasi taklif qilgandi yuziga otganman

  9. Gulli

    uniyam aytgan gapi uchun bolgandi

  10. Gulli

    chunki yaxshi niyatda aytmagandi

  11. Тимур

    Узр, билмаганман. Сиз кандай совгалани беришни ектирас?

  12. Gulli

    mayli hechqisi yoq bilmadim ammo hali sovga bermaganman agar berganimda xam chiroyli sovga bergan bolardim ammo aniq bilmayman nima sovga qilishni lekin aniq atir bilan soat sovga qilmiyman chunki ayriliq deyishgandi

  13. Gulli

    qolimdan kelganicha eng yaxshi sovgani sovga qilgan bolardim

  14. Тимур

    Ота онангизга хам совгалар бермаганмисиз?

  15. Gulli

    berganman albatta shunchaki kozga korinarli aniq deb aytolmasam kerak

  16. Gulli

    shunchaki odiy narsalar lekin juda xursand bolishgan

  17. Тимур

    Тшунарли, рахмат жавобиз учун

  18. Gulli

    dastromol atir bucket svidilnik shularni sovga qilganman ota onamga

  19. Тимур

    Була хам жуда мухим совгаларку

  20. Gulli

    orzuyimdagi eng yaxshi sovga man uchun muhimi sovgani uni qachon olarman ekan bilmayapman ota onam uchun va by eng katta orzuyim ham shu ota onamni hajga olib borish

  21. Тимур

    Яхши ният ярим мол дийишадику

  22. Gulli

    albatta rahmat

  23. Gulli

    xosh siz nima sovga qilgansiz ota onangizga

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social