Siz baxtlimisiz?

Siz baxtlimisiz?

Inson hayotga bir marta keladi, yashaydi, kamolga etadi, mehnat-mashaqqatlar bilan baxt-saodatini yaratadi, odamlarni ham, o`z umrini ham yashnatadi, yaxshi yomon xotiralarni qoldirib, ularni kechiradi. Bu hayotga har bir inson yashash uchun o`z umri davomida orzu-istaklarini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Faqat nimalarni xohlashimizni to`g`ri anglasak bas.

Baxt – insonning faolyati natijalaridan, hayotda qo`lga kiritgan yutuqlaridan to`la qoniqishi, yashash tarzidan mamnunligi, muayyan maqsadga etgani, orzu-umidining ushalishi sifatida namoyon bo`ladigan ma`naviy – ahloqiy tushunchadir.

Qadimgi yunonlar “baxt”ni – “Yaratganning marhamati” deb hisoblaganlar. Sharq falsafasida esa “baxt” – sog`lom, uzoq umir, pul muammosidan holi bo`lish, hayot uchun barcha shart – sharoitlarning mavjudligi tushinilgan.

Hozirgi kunga kelib insonlar baxtni turlicha tushinadilar va uni turlicha qabul qiladilar. Ko`pgina hollarda insonlarning baxtli bo`lishi bu pul va boylik bilan o`lchanmoqda. Albatta bizning pul muammosidan holis bo`lishimiz, bizga hotirjamlik olib keladi. Ammo boylik bizni baxtli qila oladimi? Agar inson kambag`allikda o`zini baxtli deb hisoblamas ekan, vaqti kelib u inson boy va badavlat bo`lganida ham baxtli bo`lolmaydi.

Ikki inson baxtni qidirish uchun safarga chiqibdi. Ular barcha er yuzini aylanib chiqibdilar, ammo baxtni topisha olmabdilar. Undan so`ng samoning eng cho`qqisiga va so`ngra dengizning eng tubiga tushibdilar, ammo u erda ham baxtni topa olmabdilar.

Inson baxti bu uning yuragida joylashgan. Agar biz baxtli bo`lishni istasak, biz avvalo o`zimizning yuragimizni tekshirishimiz zarur. Bizning yuragimiz tub-tubida nima joylashgan? Ezgulik yoki hasadgo`ylik, kechirim yoki kechirmaslik, sevgi yoki nafrat, minnatdorchilik yoki nola, tinchlik yoki g`azab. Qachonki bizning qalbimizdagi niyat va xohishlarimizni ijobiy tomonga o`zgarar ekan, shundagina biz baxtli bo`la olishimiz mumkin. Shundagina bizning yon-atrofimiz o`zgaradi.

Yuqoridagilardan xulosa qilsak, ertalab uyg`onganimiz – baxt, nafas olayotganimiz – baxt, ko`zimizning ko`rayotgani va qo`l oyog`imizning harakatlanayotgani – baxt, sog` – salomat ekanligimiz – baxt, do`stingizni muvaffaqqiyatga erishishi – baxt, ota – onamizning, farzandlarimizning va yaqinlarimizning davrasida ekanligimiz – baxt, yurtimizning tinchligi bu inson – baxt. Bu dunyodagi hamma narsa inson uchun, insonning baxti-saodati uchun yaratilgandir.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oybek

    Xa baxtga erishish uchun avvalo inson o’zi kamtarlik bilan harakat qilish kerak ekan!! Man bitta video ko’rgan edim, u yerda oddiy kambag’al qizning toza suv uchun shunchalik baxtligi ko’rsatilgan. http://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=BVZpx5HOhbs

  2. Fazo.tv

    Xurmatli Oybek. Siz bo’lishgan video – ajoyib video lavha, bizga juda yoqdi. Va aytib o’tgan gapizga 100% qo’shilaman. Yakin kunlarda ush bu video shu maqolaga kuyishga xarakat qilamiz, uyliman boshqa uzbek yoshlarimiz shu video kursalar yaxshi bulardi!

  3. жасур

    хам мен жуда хам бахтли – деган инсонни хозирги пайтда камдан кам учраймиз! нимага?

  4. madi

    chunki xamma dunyo tashvishlarga berilib yashayaptilar! uy-joy, bola-chaka, ish- va yana ish.

  5. Исмингиз

    видео дахшат, катта рахмат. яна яхши инсонлар борлиги умидимиз бор!

  6. Ilyos

    kim qanday uylidim dunyoda insoni baxtli qiladigan 3 narsa nima?

  7. umid

    sevgi, pul va soglik…

  8. ..

    BIz baxtlimizmi? juda ham o’rinli savol, bazida bizlar ko’zimizni yahshilab ochib qaramasadan, men baxtlimasman deymiz, noliganimiz noligan. Lekin oddiy hayotimizdagi narsalarga e’tibor bn qarasak shunaqangi baxtli narsalarni sezishimiz mumkin, buni men o’zimdan kelib chiqib aytyapman!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social