Siz qachon oxirgi marotaba yangi narsa qilishga harakat qilib ko’rdingiz?

Siz qachon oxirgi marotaba yangi narsa qilishga harakat qilib ko’rdingiz?

Yangi narsa qilish turli tuman bo’lishi mumkin. Masalan:

– erta tongdan yugurishga chiqish
– musiqa chalishni o’rganish
– biznes qilmasangiz, biznes qilishga harakat qilib ko’rish
– haftasiga bir marotaba sport bilan shug’ullanish (suzish, futbol va boshqalar)
– Surat chizib ko’rish
– yangi tilni o’rganish: kuniga 10 ta yangi so’z yodlash
– o’z shaharingizda bir kun sayohatchi bo’lib ko’rish
– eski tanishingizdan hol-ahval so’rash
– ovqat qilib ko’rish
– tarix, iqtisod va boshqa sohalardagi kitoblarni o’qib chiqish

Agarda siz bunday qobiliyatlar menda yo’q yoki bu narsalar menga to’g’ri kelmaydi desangiz…

Agarda men bir harakat qilib ko’raman va bularni qilishga ishonaman desangiz…

Ikki fikrdan qay birini tanlashingizdan qat’iy nazar, biling-ki siz haqsiz.

Ya’ni, bunday qobiliyatim yo’q yoki bu narsalar menga to’g’ri kelmaydi desangiz ham haqsiz, chunki shunday o’ylasangiz umuman qila olmaysiz. Aksincha, harakat qilishga va ishonaman disangiz ham siz doimo haqsiz!!!


Shunday ekan, Siz qachon oxirgi marotaba yangi narsa qilishga harakat qilib ko’rdingiz? Biz bilan o’rtoqlashing!!!


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social