Sizning qobiliyatlaringiz…

Sizning qobiliyatlaringiz…

Bir ayol voyaga etgan o`g`lining maroq bilan rasm solishini kuzatyapti. U o`g`liga mehr bilan tikilar ekan:  “Ko`z tegmasin, o`g`lim juda qobiliyatli”, ‑ deb qo`yadi.

Har bir kishining o`ziga yarasha qobiliyatlari bo`ladi. Kimdadir bor qobiliyat, boshqa birovda bo`lmasligi ham mumkin. Kimdadir rasm solish qobiliyati, boshqa birovda o`qituvchilik qobiliyati, yana birovda notiqlik qobiliyati, ba`zilarda biznes qila olish qobiliyati, yoki boshqara olish qobiliyatlari mavjud.

Xudo har bir insonga qobiliyat ato etadi. Hatto hech qanday qobiliyatga ega emasman degan odamning ham bir narsada qobiliyati bo`ladi. Buni o`zi ko`ra olmaydi holos. Agar hech qanday qobiliyatga ega emasman deb o`ylasangiz, o`zingizni yaxshilab tekshirib chiqing. Umuman o`zligingizga qarang, albatta biror narsada qobiliyatingiz borligini ko`rasiz.

Ammo qobiliyat ham o`z o`zidan rivojlanib qolmaydi. Xudo bergan qobiliyat ustida ishlashga to`g`ri keladi. Agar qobiliyatingizga e`tibor bermasangiz va uni ishlatmasangiz o`zligingizning  bir chekkasida chang bosib, yo`qolib ketadi. Bir oilada yigitcha yoshligidan juda ajoyib rasmlar chizadi. Hamma qarindosh urug`lar va ota‑ona uning bu qobiliyatidan juda fahrlanadi. Ammo o`sha yigitchaning bu qobiliyatiga e`tibor bermay, o`z holiga tashlab qo`yilsa, bu qobiliyat oddiy qiziqishga aylanib qoladi.

2

Farzanddagi qobiliyatni sezgan ota‑ona shu qobiliyatini rivojlantirish uchun uni maxsus maktabga yoki ustozga bersa boladagi qobiliyat yana rivojlanib yuqori cho`qqiga ko`tariladi. Har bir insondagi iste`dod insonning o`zida qolmay yuzaga chiqqani ma`qul. Shunda bu iste`doddan boshqalar ham bahramand bo`ladi.  Taniqli bastakor Iogann Bax ham juda yosh paytidan musiqaga qiziqqan. Nafaqat qiziqqan unda musiqaga hos qobiliyat va iste`dod bo`lgan. Shu iste`dodining rivoji natijasida bugungi kunga qadar o`lmay kelayotgan musiqiy asarlar yaratgan.

Yoki bo`lmasa mashxur rassom Leonardo da Vinchini olaylik. U ham yoshligidan tabiatga va ranglarning uyg`unligiga qiziqishi baland bo`lgan. Undagi bu qiziqishning qobiliyatga aylanishida amakisining o`rni katta bo`lgan. Dastlabki rasmlarini ko`rgan otasi uni o`sha zamonning mohir rassomi qo`liga shogirdlikka bergan.

Demak undagi qobiliyat ham o`qish va izlanishlar natijasida rivojlangan. Undagi bu iste`dod o`sha zamonning mashhur kishilarini ham lol qoldirgan. Bugun biz uning asarlariga qanchalik hayrat va qiziqish bilan qarayotgan bo`lsak, Leonardoning  zamondoshlari ham uning asarlaridan bizdan kam zavq olishmagan.

Ta`lim berishga qobiliyatingiz bormi, albatta bu qobiliyatni o`stirish uchun ko`proq o`qib o`rganing va bilganlaringizni boshqalarga o`rgating. Chunki ta`lim berishga qobiliyati bor odam boshqa bir ta`lim berishga qobiliyati bo`lmagan odamdan ko`ra yaxshiroq va samaraliroq ta`lim bera oladi. Shunday odamning bergan bilimlari o`rganuvchining esida qoladi.

Demak har kim o`z qobiliyatlariga ko`ra ish tutsa uning qilayotgan ishi o`ziga ham zavq beradi, boshqalarga ham foydasi tegadi. Sizda qanday qobiliyat bor aziz suhbatdosh? Keling, qobiliyatlarimiz haqida suxbatlashsak.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. uzbek

    бизда мана шу нарсаларга бази ота оналар бефарк карашади. билмадим нима сабаб, лекин купдан куп талантли боллар уз кобилятлари устида ишлашга имкони йук, ёки ота онасининг айтгани буйича иш тутишади

  2. ooo

    Ha bu problema afsus. Ota onaning bolaga nisbatan niyati va maqsadi qanday bo’lishidan qat’iy nazar bolaga ichidagi qobiliyatlarini ochishga va ularni rivojlanishiga imkon yaratib berishi kerak deb o’ylayman. Afsus ko’pgina talantlaru in’omlardan ko’pchilik behabar bo’lib qolyapti.

  3. Номаълум

    Бу тугри. Худо таоло барча инсонларга уникал талант ва ином берган. Уни хар бир одам излаб топиши керак. Топгандан кейин эса уни ривожлантириши керак. Шундагина одам килаятган ишидан мамнун ва бахтли булади. Бу турган гап.

  4. Хаким

    Одамлар мана сизлар кобилиятлар хакида гапириб келяпсизлар. Манга шуни айтингчи КИМ УЗИНИНГ КОБИЛИЯТИНИ ЁКИ ИНЪОМИНИ ТОПИБ УНИ РИВОЖЛАНТИРГАН? Масалан мен халихам нимада талантим ёки инъомим борлигини билмайман. Лекини билишни жуда истардим. Афсус менга отаонам ёшлигимда бу масалада ёрдам бермаган. Ким билади?

  5. nilyufar

    men juda yaxshi va tez tillarni urganaman,bu xam qobiliyat deb xisoblanadimi?

  6. Номаълум

    xa endi madaniyatimiz shunaka,nima xam derdik??/

  7. Азим

    Хакимжон жуда яхши савол бердила. Масалан манам халиям билмиман. Нимада талантим бору нимада инъомим борлигини билмиман. Балки бордир!?

  8. а

    Хаким: Сиз ёшлигизда нималарга киззикансиз, нималар килишни орзу килгансиз, нималарга хавас килгансиз?

  9. umid

    qobiliyatlarni ishlatish kerak!

  10. Номаълум

    Bilmagandan keyin qando ishlatadi?

  11. jasur

    Муаллиф: Номаълум – March 20, 2012 siz uzizda qanaka qobiliyatlar borligini bilmaysizmi?

  12. Номаълум

    Jasurga. Yoq bilmayman. Nimada qobiliyatim borligin vobshem bilmiman. Qando qilib bilsa bo’ladi?

  13. Rahmon

    Man yaqinda qobiliyatim qanaqaligini to’sattan bilib qoldim. Bu bilmiman qobiliyatmi yoki in’ommi. Hullas odamlaga yordam berishni yahshi ko’rarkamman. Hikoya yahshi ekan.

  14. Shokir

    Рахман кобилиятизни топганингиз билан табриклайман. Менга хам кобилият топишни ургатинг илтимос. Олдиндан рахмат.

  15. jasur

    Муаллиф: Номаълум – March 21, 2012 shaxsan men qanaka ish yaxshi kilishni kursam va shu ishni alo darajada bajarsam,shu menimcha qobiliyat!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social