Sport kerakmi?

Sport kerakmi?

Yoshligimizdan bizga sport bu yaxshi va foydali deb o`qtirib kelishgan. Sport bilan barcha shug`ullanishi kerak va u faqat foyda keltiradi. Aslida sportning ham o`ziga yarasha ijobiy va salbiy taraflari bor. Sportning har xil turi mavjud va ular bilan shug`ullanish ham bir biridan ancha farq qiladi. Men sizlarga sport bilan shug`ullanmanglar deb aytmoqchi emasman. Balki sport bilan shug`ullanishdan oldin, sport haqida batafsil bilib olishingizni istardim.

Sportning salbiy taraflari

Yoshligidan sport bilan shug`ullanib kelgan sportchilar, odatda juda pas intellektga egalar. Ularda aqliy o`sishga vaqtlari juda kam. Ular har doyim safarda yurishadi, turli hil musobaqalar, jahon chempionatlari, olimpiadalar. Ularning aqliy qobiliyati stress bosib qo`yadi. Yuqori natijalarga erishish uchun, juda ko`p mashg`ulotlar olib borishlari kerak. Qancha ko`p mashg`ulot qilganlari sari, shunchallik asablari ham buziladi.

Eng zararli sport – bu professional darajadagi sport va buning hech ham hayron qiladigan joyi yo`q. Sport faoliyati yakuniga kelib, ularda organizmining har joyidan og`riqlar paydo bo`lishni boshlaydi.

Sportning ijobiy taraflari

Endi keling sportning ijobiy taraflarini ko`rib o`tsak. Trenirovka vaqtida qon aylanishi yanada jadallashadi. Bu esa miya faoliyati uchun juda foydali. Sport insonga yana tushkunlikka tushgan vaqtida katta yordam beradi. Sport bilan shug`ullanayotgan vaqtda inson faqat mashg`ulot haqida o`ylashiga to`g`ri keladi. Mashg`ulot paytida, boshqa global mashtabdagi muammolarini chetga surib qo`yadi. Barcha muammolari ikkinchi o`ringa o`tib qoladi.

Sport bilan shug`ullanuvchilar, boshqalarga qaraganda infarkt va insul`tga juda kam hollarda tobelar. Sport bilan shug`ullanuvchining miyasi, sport bilan shug`ullanmaydigan insonnikiga qaraganda har doim yangi ma`lumotlarni qabul qilishga tayyor holda bo`ladi.

Shunday qilib yuqorida aytib o`tilgan misollardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, sport sportga dushman. Professional darajadagi sport – bu salbiy oqibatlarga va og`ir kasalliklarga olib keluvchi og`ir mehnat deb aytsak mubolag`a bo`lmaydi. Ammo havaskor va mo“tadil sport o`z navbatida juda ijobiy natijalar beradi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, sport bilan o`zingiz uchun shug`ullanmoqchi bo`lsangiz, uning foydasi kattadir.

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social