Super kompaniyalar nimadan boshlanganini bilasizmi?

Super kompaniyalar nimadan boshlanganini bilasizmi?

Ko’pchilik super kompaniyalar nimadan boshlanganini bilmaydi, lekin katta kompaniyalar ham ilgari bir necha hodimlarga ega bo’lgan oddiy korxonalar edi. Bundan tashqari, ko’p yillar davomida ko’plab kompaniyalarning ixtisoslashuvi juda o’zgardi, aksariyat odamlarning hatto dastlab qilingan ishlar haqida xabari yo’q!

Quyida keltirilgan 20-ta misolni bir ko’rib chiqing:

Germaniyaning BMW avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya o’zining qimmatbaho avtomobillari bilan mashhur. Biroq kompaniya samolyot va samolyot dvigatellari ishlab chiqarishdan boshladi, bunda parrakni aks ettiruvchi narsa logotipda tasvirlangan.

01

Teskari hodisa: bugungi kunda “Bombardier” – samolyot ishlab chiqarish bo’yicha yetakchilardan biridir. Biroq, bu kompaniya ilgari qor avtomobillarini ishlab chiqargan.

02

“Bonduelle” Yevropada konserva ishlab chiqaruvchi sifatida tanilgan va 100 yil oldin bu kompaniya spirtli ichimliklar ishlab chiqargan.

03

Bugungi kundagi “Gucci” qimmatbaho sumkalari bilan mashxur. Ammo mazkur firma 1921-yilda otlarning ustiga koja tikish bilan shug’ullangan.

04

Ehtimol, eshitgandirsiz, “Hugo Boss” Germaniya jangchilari uchun kiyim ishlab chiqqan va ularni tikgan.

05

IBM darhol kompyuter chiqarishni boshlamadi. Avval tabulatorlar, pishloq kesuvchi va tarozilar ishlab chiqargan ekan.

06

IKEA kompaniyasi gugurt va boshqa turdagi savdolari bilan o’z ishini boshlagan edi.

07

LG Electronics Koreya kompaniyasi “GoldStar” maishiy texnikasi ishlab chiqaruvchi va Lak-Hui kimyoviy kontserni ishlab chiqarilishi birlashgani natijasida paydo bo’lgan.

08

Lipton – dunyodagi eng mashhur choylardan biri. Bularning barchasi dunyodagi birinchi oziq-ovqat do’konlari tarmog’i bilan boshlandi.

09

Nintendo har doim o’yin bilan bog’liq edi. Lekin, bu firmadan konsollarni chiqarishdan oldin o’ynash kartalar ishlab chiqargan!

10

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi uzoq vaqt davomida uyda ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqardi, xususan, tualet qog’ozi va kalishlarni ishlab chiqargan.

11

Philips o’z-o’ziga sodiq qoldi. Lampalar va radiolarni ishlab chiqarishdan boshlab, u o’z diapazonini sezilarli darajada kengaytirdi, ammo bugungi kungacha ham lampalarni ishlab chiqaradi.

12

Koreyaning Samsungi bir paytlar oziq-ovqat do’koni edi.

13

1940-yillarda Sega Koreyadagi AQSh harbiy bazalari uchun o’yin avtomat mashinalari chiqargan.

14

Sharp avtomatik qalam ishlab chiqarish bilan boshlandi.

15

Yaponiyaning Sony kompaniyasi birinchi mashhurlikka elektr chizgichlar orqali tanildi.

16

Tiffany & Co. har doim do’kon bo’lib kelgan, ammo bugungi kunda bu tovar eng avvalo olmos va hashamdorlik bilan bog’liq bo’lsa, 1837-yilda asosiy kantselyar mollarini yuritish edi.

17

Toyota, tikuvchilik mashinalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullangan .

18

“Unilever” kontserni dunyodagi barcha tovarlarning beshdan biriga egadir. Va bir vaqtlarda sovun va margarin ishlab chiqargan.

19

Multimillioner va Virgin Group asoschisi Richard Branson kosmik turizmni rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Lekin o’z faoliyatini “Yoshlik” jurnalining muharriri sifatida boshlagan.

20


Ushbu qiziqarli maqolani do’stlaringiz va oilangiz bilan bo’lishing!


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social