Umidsiz insonlarga ataladi…

Umidsiz insonlarga ataladi…

Ba’zi odamlar jarlikni ko’rganlarida jar haqida o’ylashadi, boshqalar esa uning ustidagi ko’prikni tasavvur qilishadi.

O’rmonda eski zohid yashagan ekan. Odamlar u zarar keltirishi va bashoratlar qilishi mumkin deb gapirar edi. Ko’pchilik undan qo’rqishar edi, lekin juda qiyin vaziyatlarda undan madad so’rashar edi.

Qo’shni qishloqdagi bir dehqon doim baxtsizlikdan qiynalar edi va noilojlikdan u zohiddan yordam so’rashga qaror qildi.

Baxtsiz dehqon ertalab uning yoniga kelganda, “Senga nima kerak?” – deb qiymalab so’radi zohid.

Dehqon ta’zim qilib va hayajon bilan dedi:

 – Men siz haqingizda ko’p eshitgandim. Menga yordam bering, baxtsizliklarimni olib tashla. Xotinim meni tashlab ketdi, uy yonib ketdi, otim qochib ketdi, nima qilishni bilmayman.

– Xo’sh, Men senga yordam beraman. Mening ortimdan yur – dedi zohid.

Dehqon zohid ortidan ketdi. Zohid uni daraxtzorga olib borib, u yerda bir o’zini adashtirib tashlab ketdi.

Butun kun dehqon o’rmonda adashib yurdi va faqat kechqurun chekka tarafdan chiqdi. U quyosh botishi, uzoqda o’zining qishlog’ini ko’rdi va daraxtzordan chiqib ketganiga va tirik qolganiga rosa quvondi.

“Men nima uchun xafaman. Qo’l-oyoqlarim bor, boshim joyda. Shunday qilib ishlab va qiyinchiliklardan o’tib ketaman. Yangi uy quraman va keyin esa o’zimga bir ot sotib olaman.” – deb hayol surdi va qishloq tomon yugurib ketdi.

Yo’lda u zohidni uchratdi. Dehqon joyida qotib qoldi. Zohid jilmaydi va dedi:

“Mana endi sen tushunding, agar taqdir barcha eshiklarni yopsa, u albatta chiqish uchun oyna ochib beradi. Ammo bu derazani sen daraxtzordan chiqish yo’lini qidirgan kabi qidirishing kerak.”


Agar hayotingizga qiyinchilik kelsa va barcha narsa sizga qarshi bo’lsa va hatto bir daqiqa ham bardosh uchun hech qanday kuch yo’q bo’lib ko’rinsada, hech qachon chekinmang – aynan bunday damlarda kurashda burilish nuqtasi paydo bo’ladi!


Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. kamila

    Assalomu aleykum, ushbu maqolani uqib uz fikrimni yozmadan ketomadim, qiyin damlar deymizu lekin mana shu qiyin sharoitni, damlani uzimizga uzimiz yaratamiz. Har bir masala va vaziyatga qay nuqtaiy nazardan qarashga bog’liq, agar biz oldimizda turgan masalani muammo deb qabul qilsak bu narsa albatta biz uchun muammo bulib kurinadi, agar biz oddiy masala sifatida qarasak ushbu bosqichdan utish juda oson buladi

  2. Fazo.tv

    Kamilla, Ha to’g’ri aytasiz! Izohingiz uchun minnatdormiz. Lekin insonlar qanday qilib muommoga oddiy masala sifatida qaray oladi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social