Uyqusizlik

Uyqusizlik

Assalomu alaykum. Uyqungiz yaxshi bo`lmagan kunlari, tashvishlanasizmi? Yaxshi uxlay olmaganingizdan  asabiylasharsiz?! Uyqusizlik ko`p odamni tashvishga soladi. Uyqu yaxshi bo`lmagach, ishda ham unum bo`lmaydi.  

Agar bilsangiz, dunyoga mashxur yurist Semyuel Untimeyer hayotida biror marta mazza qilib uxlamagan. Bu odam kollejga kirganida ikki narsa uni bezovta qilardi: biri astma, ikkinchisi uyqusizlik. O`qishni bitirib, yuristlik ishini boshlaganida ham uyqusizlik uni tark etmagandi. Uyqusi yaxshi bo`lmagan bo`lsa ham, sog`lig`i yomonlashmagan. U uyqusiz tunlarinidan to`g`ri foydalana bilgan. Boshqa hamkasblari uxlayotgan paytda ham u o`z ishi bilan mashg`ul bo`lardi. 21 yoshida u  yiliga 75 ming dollar topardi. Bu odam 81 yil yashadi. Biz hayotimizning uch qismini uyquda o`tkazamiz. Har bir odam tunda uxlashga odatlangan. Bu tabiatning in`omi. Lekin har bir odamga qancha vaqt uxlash lozimligini bilmaymiz. Ba`zilar 6 soat uxlaydi, boshqalari umuman 8-9 soatlab uxlaydi.

Organizmimiz aslida necha soat uxlashni talab etadi. Uyqusizlikka duchor bo`lgan kishilar, ko`zlarini yumib, dam olishlari mumkin, ammo sira uxlamaydilar. Bu holat tibbiyot vakillarini o`ylantirib qo`ygan. Ba`zilar boshqalardan ko`ra ko`proq uxlashlari kerak bo`ladi. Masalan Toskanini faqat 5 soat uxlagan. Agar sizda ham uyqusizlik kuzatilayotgan bo`lsa, bundan tashvishlanmang. Chunki uyqusizlikdan tashvishlanish, uyqusizlikning o`zidan ko`ra ko`proq zarar keltiradi. Ba`zilar uyqusizlikdan tushkunlikka tushib, hayotlarini barbod qiladilar. Uyqusizlik qanday paydo bo`lganini bilish qiyin. Ko`p hollarda tashvishlanishlar, muammolarni o`ylash, qiyinchiliklar davrida paydo bo`ladi.

Nima bo`lganda ham uxlay olmasangiz xavotirlanmang. Bir kishi ham uyqusizlikka yo`liqibdi. Nima qilib ko`rsa ham foyda bermabdi. Nihoyat shifokorga uchrashibdi. Shifokor unga: «Men senga yordam berolmayman. Hech kim senga yordam berolmaydi. Bunga sen o`zing erishishing kerak. Bugun tunda o`rninga yot va o`z-o`zingga «Hotirjamman, uxlay olmasam ham tashvishlanmayman. Ertalab esa tetik va bardam holda ishga boraman», deb ayt, debdi.» Ishonasizmi ikki haftadan so`ng o`sha odam avvalgidek tiniqib uxlaydigan bo`libdi. Nega uyqusizlikdan ko`ra, uyqusizlikdan tashvishlanish kishiga ko`proq ziyon keltiradi. Uyqusizlikdan tashvishlanish inson organizmini mikroblarga zaif bo`lib qoladi. Bu narsa esa tashvishlanishga olib keladi.

Yaxshi uxlab dam olish uchun kishi o`zini xavfsiz his qilishi kerak.  Doktor Devid Finkning fikricha kishi asabiy zo`riqishdan qutulishi uchun o`z tanasi bilan gaplashish kerak ekan. U dam olish chog`ida kishi o`z tanasiga bo`shashish haqida buyruq berishi kerak, deydi. Agar siz ham uxlashga qiynalayotgan bo`lsangiz, bo`shashishni mushaklaringizdan boshlang. Mushaklaringizni to`liq bo`shashtiring. Tanangizga dam olishni buyurib ko`ring. Ba`zilar uxlay olmaganlarida kitob o`qishni ma`qul ko`radilar. Bu usul ham ko`pchilikka foyda beradi. Uxlay olmaslik katta fojea emas, uxlay olmayotgani uchun xavotirlanish katta fojea. Mana shu narsa sizni kun davomida toliqtiradi. Shuning uchun har qanday holatingizdan ijobiy tomonni topishni o`rganing.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shox

    Asaldan asal – uyxi

  2. Guli

    шириндан шинир – бу ухлаш

  3. Бек

    хакикатан хам уйку инсонга куч беради! шунинг учун уйлиман вакт вактдида ухлаш керак!

  4. юлдуз

    с появлением Интернета вопрос: как провести свободное время?-не актуален. Актуален вопрос: как теперь мне высыпаться?

  5. madina

    eto tochno )))

  6. nodir

    da blin inson xayotiga internet shunakanki qirib keldi, teper xamma narsa internet orqali

  7. uzboy

    e vi chto gavarite teper internet – eto xayot!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social