Xatoning narxi

Xatoning narxi

Xato qilmaydigan odamning o’zi bo’lmasa kerak. Ulardan ba’zilari xatoni xato deb tan olishadi, xulosa chiqarib, oldinga harakatni davom ettirishadi. Boshqalar esa xatolarini tan olgisi kelmaydi va shu bilan azob chekishadi. Har qanday tan olingan xato inson tajribasini boyitadi, uni yanada kuchli va dono qiladi. Nima uchun bizga ba’zan xatoni tan olish juda qiyin bo’ladi?

Birinchi to’siq – bu mag’rurlik.  Ba’zan atrofidagi odam sen noto’g’ri yo’nalishda boryapsan deb ishora qilishga harakat qilishadi. O’zimiz ham buni his qilishimiz mumkin, lekin boshqa inson gapiga itoat qilish qiyin bo’ladi va o’z bilimimizga tayanishga qaror qilamiz.

Ikkinchi to’siq – qo’rquv. O’z xatoyimizni baxolash va uni oqibatlarini ko’rish juda qo’rqinchlidir. Bu yerda juda kuchli himoya qiluvchi mudofaa mexanizmlari mavjud. Ona o’z bolasini oldirganini xato deb qabul qilishi juda og’iriqli bo’ladi. Ichkilikbozlik davolanishga muhtoj ekanligini qabul qilish qiyin, uni ichishga majbur qilgan qiyin hayot sharoitini aybdor qilish osonroq bo’ladi.

Uchinchi to’siq – umidsizlik. O’z munosabatingni osongina yolg’on, xiyonat va da’volar bilan vayron qilish mumkin, lekin, qadrli va sevgan insonni yo’qotganda, uning sevgi, ishonch va hurmatini qaytarish mumkin emas. Har qanday yoshda noldan boshlash mumkin, lekin hech kim berilgan imkoniyatni qaytarib bermaydi.

653442

Lekin inson xatolarini tan olishni o’rganishi kerak. O’z harakatlarini va ularning oqibatlarini baholash uchun, bir katta jasorat bo’lishi kerak va albatta aybdorlik tuyg’usi chuqurga tushmasligi uchun inson o’ziga nisbatan sevgisi bo’lishi kerak. Barcha bosqichlardan o’ting. O’zingizni qanday bo’lsa shunday qabul qiling. Mumkin bo’lgan narsani to’g’irlash va qaytarib bo’lmaydigan narsani qo’yib yuborish kerak. Hayot davomida ottirilgan tajriba kuchliroq va baxtliroq bo’lishni ta’minlaydi.

Bir shunday gap bor: “Kuchli inson o’z xatolarini tan olishga qodir, zaif esa ularni unutishga harakat qiladi.”

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social