Yangi yilgacha qilish kerak bo`lgan 7 narsa

Yangi yilgacha qilish kerak bo`lgan 7 narsa

Dekabr` oxiri – o`tgan yilning natijalarni ko`rish vaqti keldi. Butun yil mobaynida ko`p ishlar qilingan bo`lsa ham, oxirida baribir keyinroqga qoldirilgan ishlar topiladi.

1. Odamlarning narsalarni kaytarib berish.

Kimdir sizda o`z qo`lqopini unutgan, kimdir sharfni yoki boshqa narsalarni. Kimgadir pul kaytarishingiz kerakdur yoki qandaydir buyurtmani! Sizni ushlab turgan narsadan xolos bo`ling. Qarzlarni kaytarib bering.

2. Eski, kerakmas va “axlatni” tashlab yuboring.

Eski ishlamaydigan mikrovolnovka, dazmol yoki yangi yil eski archa o`yinchoqlarni… Siz tuzatishni orzu qilgan buzilgan va ishlamaydigan narsalarni, axlatga tashlab yuboring. Yangi yil – toza yil bo`lsin.

3. Butun yil mobaynida chetga surilgan muhim ishlarni tugatish.

Hech bo`lmasam bittasini tugatish. O`z ro`yxatingizga qarang. Ish ko`p va ular doim ko`p bo`lishadi. Asosiy uchta ishni tanlang – eng eskisi va muhim ishlarni – va ularni hal qiling! Sessiyani yoping, buvingizni ko`rishga boring, tamirlashni tugating, kitobni o`qing va hokazo. Butun yil mobaynida chetga qo`yilgan ishlarni qiling! Bularni qilish vaqti keldi!

4.Xafa qilgan insonlardan kechirim so`rang, va sizni xafa qilganlarni kechiring.

Yangi yilga xafagarchilik tuyg`ularisiz, aksincha xursandchilik va sevgi bilan kiring. Xa, kimdir sizni xafa qildi, kimdir tushunmadi sizni, siz kimgadir xissiyotlarga berilib yomon gapirgansiz. Unuting, kechirim so`rang va yashashni davom eting. Esda tuting birinchidan sizga engil bo`ladi! Bu oson!

5. yilingizni maxsus qilgan insonlarga rahmat ayting.

Bu juda muhim! Kim yilingizni maxsus qilgan?! Rahmat so`zi – bu mo`jizali so`z! Keyin ko`rasiz hayotingiz o`zgarishni boshlaydi.

6. yilning natijasini ko`ring.

Bu o`tgan yilning muhim ishlaridan biri. Birinchidan siz o`tgan yilning xamma ishlarini eslaysiz sarhisob qilasiz, ikkinchidan, yangi yilda qanday yo`nalishni ko`rishingiz mumkin. Hamda bo`shliqlarni to`ldirishni unutmang!

7. Archa bezating.

Busiz hech nima qilolmaysiz! Archasiz bayram bayrammi? Keyin esa yaxshi kayfiyatni kuting!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    uyni xam yigishtirib kuyishni unutmang )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social