Yaxshi uyqu sirlari: oyoqlaringizni ochiq qoldiring

Yaxshi uyqu sirlari: oyoqlaringizni ochiq qoldiring

Oyoqlaringizni ertalab yaxshi his qilishi uchun, kechalari “aylanishga” imkoniyat bering. Ko’rpa ostidan chiqib turadigan oyoqlar uxlab qolishning ajoyib usuli ekan.

Oyoqlardan birini yoki har ikkalasini ham ko’rpa ostidan chiqarsangiz, siz tezroq uxlab qolishingiz va yaxshi uxlashingiz mumkin. Bu xulosa uyquni o’rganish bilan mashg’ul bo’lgan olimlar tomonidan amalga oshirildi.

Albatta, agar tashqarida bir oz salqin bo’lsa va tungi oynadan yoqimli shabada kelib tursa uxlash yoqimli bo’lishini bilasiz.

Ehtimol, siz oyoqlaringizni ko’rpa ostidan chiqarasiz, uni ajoyib shabada ostiga qo’yib, so’ngra chaqaloq kabi baxtli uxlab qolasiz. Ajablanarlisi shundaki, bu g’alati odat ilmiy sharhga ega ekan.

Kronopsixologiya kunduz va kechaning biologik ritmlari, ularning salomatlik va farovonlikka ta’siri bilan bog’liq ko’plab savollarga javob beradi.

Alabama universiteti Psixologiya bo’yicha professori va Milliy Uxlash jamg’armasi ma’ruzachisi Natali Dautovichning fikriga ko’ra, ochiq oyoq-qo’llar bilan uyquga ketishning asosiy sababi – uyqu va harorat o’rtasidagi bog’liqlik ekan.

Biz uxlab yotganimizda, tana harorati chuqur uyqu bosqichida minimal darajaga (normadan 1-2 darajagacha) tushib ketadi.

Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, past harorat uyquchanlikni kuchaytiradi, shuning uchun bu jarayon tabiiy ravishda paydo bo’ladi. Ammo uyquga ketish jarayonini sun’iy ravishda tana haroratini pasaytirish orqali tezlashtirish yo’llari ham bor.

Siz yotishdan oldin issiq ichimlik ichishingiz yoki illiq vanna qabul qilishingiz mumkin. Bunday usullardan so’ng tana harorati tezda pasayadi va biz uxlashni boshlaymiz.

Lekin nima uchun aynan oyoqlar?

Qo’llar va oyoqlarning sirtlari bir xil tuzilishga ega. Ular tuklarsiz va qon tomir tizimi tananing ortiqcha issiqlikni yo’qotishiga yordam beradi.

Shunday qilib, ko’rpa ostidan oyoqlaringizni chiqarish odati odatda uxlab qolish uchun haroratni tezda pasaytirish zarurati bilan bog’liqdir.

Umuman olganda, xona harorati 15,5 dan 21 darajagacha xonalarda odamlar yaxshi yotadi –  deydi Natali Dautovich.

Shunday qilib, agarda siz tungi yaxshi uyquni istasangiz, xonaga ozgina salqin va toza havo kiritish orqali o’zingizga qulay muhitni yarating.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social