Yomonlikka mag`lub bo`lmang

Yomonlikka mag`lub bo`lmang

Qiziq, ohirgi marta qachon va kimga yaxshilik qildik? Eslolmayabsizmi? Men ham eslolmayapman? Nega kundan kun yaxshilar kamaymoqda? Nega insonlar bir biriga yaxshilik qilmay qo`ydi? Hozir ko`pchilik hatto yaxshilikni ham pulga qilyabdilar? Naxotki o`sha oddiy kir qog`oz inson qadridan ustun bo`lsa? Naxot insonning qadri shunchalik past bo`lsa?

Kunlarning birida yaxshilik va yomonlik bahslashib qolibdi. Yomonlik debdi: Hoy yaxshilik agar bilsang men sendan kuchliman, chunki men tarafimdagi yomon insonlar ko`p debdi. Shunda yaxshilik debdi: yo`q yomonlik agar bilsang men sendan kuchliman men tarafda yaxshi insonlar ozroq bo`lishi mumkun, lekin ular juda ham kuchlidir debdi. Shunda yomonlik yana debdi: Bari bir men sendan kuchliman. Hozir men tarafdagi odamlar har qanday yomonlikka bormoqdalar debdi. Shunda yaxshilik mayli men sen bilan bahslashmayman, yur undan ko`ra kim kuchli ekanligini borib vijdondan so`raymiz debdi. Yaxshilik va yomonlik vijdon oldiga borib so`rashibdi. Aytchi ey vijdon yaxshilik kuchlimi yoki yomonlikmi? Shunda vijdon javob beribdi: To`g`ri insonlarni ko`prog`i yomonlik tarafda bo`lishi mumkun, lekin yomonlikni hech kim yodga olgisi kelmaydi iloji boricha yomonlikni unutishga harakat qiladilar. Yaxshilik tarafida odamlar oz bo`lsa ham yaxshilikni hech kim unutmaydilar, doim ular yaxshilikni yodda saqlashga harakat qiladilar. Hayotda har bir insonning vijdoni yaxshilik tomonidadur. Yomonlikni esa faqat yaxshilik enga oladi. Yomonlik qanchalik kuchli bo`lmasin yaxshilikni enga olmaydi deb javob beribdi. 

Darhaqiqat dunyo yaralibdiki yaxshilik va yomonlik bahsi mudom davom etmoqda. Afsuski hozir ba`zi insonlarda yomonlik ustun kelmoqda. Inson kimgadir yomonlik qilishdan foyda bormi? yo`q! birovga yomonlik qilishni hech foydasi yo`q, birovga azob berib semirib ham ketmaymiz. Faqat qilgan yomonligimizni uzoqdan tomasha qilishimiz mumkin. Lekin buni ko`rib vijdonimiz qiynalgani qoladi holos. Shu kungacha yomonlik hech kimga foyda bermagan, foyda bermaydi ham, aksincha ziyon keltiradi.

Shuning uchun yaxshilikda dono, yomonlikdan xoli bo`lishga xarakat qilaylik, agar yaxshilik qilish qo`lingizdan kelmasa, hech bo`lmasa yomonlik qilmang. Agarda sizga kimdur yomonlik qilsa, albatta siz ham unga yomonlik qilishingz shart emas. Siz undan aqlliroq bo`ling. Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko`zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Chunki bu dunyoda kim nima eksa shuni o`rib oladi. Shunday ekan, yaxshilik qilishdan bezimaylik. Agar bo`shashmasak, o`z vaqtida buning hosilini o`rib olamiz. Kimdur sizga yaxshilik qilganini aslo unutmang, kimgadur qilgan yaxshiligingizni umuman uniting. Ana shunda siz yaxshilikka muhtoj bo`lganingizda yaxshilik yoningizda turadi. Har birimiz o`zganing yaxshilik va rivoj topishiga g`amxo`rlik qilib, insonlarni mamnun qilishga harakat qilaylik.  Chunki insonyat yaxshilikka va har xil bilimga boy hamda bir-birimizga pand-nasihat qilish uchun yaralganmiz. Vijdoningiz toza bo`lsin. Yomonlikdan nafrat qilib, yaxshilikka chirmashib olaylik. So`zim oxirida men shu so`zlar bilan tugatmoqchiman.

“Yomonlikka mag`lub bo`lmang, yomonlikni yaxshilik bilan mag`lub qiling”


Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. а

    бу мавзуда жуда куп мухокама килиш мумкин, соатларча бир биримиз билан хаётимизда учраган ёки узларимиз гувохи булган хикояларни мисол тарикасида келтиришимиз мумкин, лекин шунисини аник айтишим мумкин-ки хамма нарса инсонни узига боглик, вазиятни кандай бахолаши, ва руй берган ходисага кандай ёндашишига боглик

  2. guli

    zo’r mavzu, darhaqiqat ba’zi paytlarda yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish juda qiyin kechadi, mana shu paytta insonni irodasi va sabr toqati sinaladi

  3. Номаълум

    yomonlaikka yaxshilik qaytarish qiyin, lekin buladi! uzi xayotimizda xech nima osonlik bilan berilmaydi!

  4. sardor

    “Ёмонликка мағлуб бўлманг, ёмонликни яхшилик билан мағлуб қилинг” – kuchli gap, lekin inson kuchi bunga etarmikan???

  5. Doston

    Yaxshi mavzu. Ayniqsa menga yoqgan joyi bu, yaxshilar oz lekin ular kuchli.

  6. Azim

    Hikoya menga juda yoqdi. Hammasi insonning qo’lidadir. Odamlar shu qadar yovuzlashib ketganki ular afsus yahshilik qilishdan qochadi, huddi bir yahshilik qilsa bir joyi kamayib qoladigandek.

    Afsus halqimizda “Yahshilik qilma, yomonlik ko’rmaysan!” degan gap bor. Men bu fikrga umuman qo’shilmayman. Odam har bir berilgan imkoniyatdan foydalanib faqat yahshilik qilishi kerak.

  7. Davron

    Agar yomonlar bo’lmaganida yaxshilarning borligi bilinmas edi

  8. Amirxon

    Salom Azim, gapingizga qo’shilaman, odamla yaxshilik qilishga uyalishadi manimcha, yaxshilik qilsam boshqalar ustimdan kulashadi deb o’ylashadi. Manimcha bu noto’g’ri fikr. Siz nima deysiz?

  9. $$$$$$$

    Zoʻr mavzu ekan yomon odamlarga oʻqib koʻrishni maslahat beraman.
    Yaxshilik baribir yomonlik ustidan gʻalaba qozonadi.
    Yomonlik qilishdan nima foyda? Yomonlik izingizga zarar hisoblanadi.

  10. $$$$$$$

    Zoʻr mavzu ekan yomon odamlarga oʻqib koʻrishni maslahat beraman.
    Yaxshilik baribir yomonlik ustidan gʻalaba qozonadi.
    Yomonlik qilishdan nima foyda? Yomonlik sizga zarar hisoblanadi.

  11. Fazo.tv

    Salom $$$$$$$! Fikringiz uchun katta rahmat. Biz bilan qoling smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social