«yo`q» — sizning eng yaxshi do`stingiz

«yo`q» — sizning eng yaxshi do`stingiz

Insonlarga va yomon odatlarga tez-tez “yo`q” deb aytib turish, muhim ishlarni bajarishga va o`zimizni rivojlantirishga ko`proq vaqt qolar ekan.

Mashhur fil`mlar va kitoblar bizlarni doimo «Ha» deyishga o`rgatishadi, bu ham boshqa bir tarafdan noto`g`ri hisoblanadi. Albatta, yangiliklarga ochiq bo`lish kerak, biroq o`zingiz haqida va qiziqishlar haqida unutmaslik kerak. Kaliforniya universitetining tadqiqoti shuni ko`rsatdiki, qachonki insonga «yo`q» aytish kerak bo`lgan vaqtda, ko`pgina insonlar stressni his qilishadi va ish depressiyagacha borishi mumkin.

Biroq ko`pgina muvoffaqiyatga erishgan insonlar, shu so`zni ishlatishga o`rganishimiz zarurligi ta`kidlashadi va “yo`q” hayotingizni yahshiroq qilishi mumkin ekan. Ko`plab insonlar “yo`q” javobini aytganda o`zlarni noqulay his qilishar ekan va “Bilmayman”, “Ishonchim komil emas”, “Balki, men qilolmayman” degan javoblarni berishar ekan. Bu narsa suhbatdoshni ham chalg`itishi mumkin, chunki shu kabi javoblarni “Balki, Ha” deb ham qabul qilinishi mumkin.

Albatta, bu erda hech kimga yordam berish kerak emasligi yoki faqatgina o`zingizni o`ylash kerakligi haqida gap ketmayapti. Bunda boshqalarga yaxshi ko`rinish maqsadida, inson o`zining nimalarga qodir ekanligi ko`rsatish maqsadida yoki o`z manfati yo`lida qilinadigan ishlar haqida bormoqda. Masalan, inson o`zini kuchli ko`rsatish maqsadida barcha narsalarga “Ha” deya harakat qilib, oxir oqibat na o`z ishi, na boshqani ishini tugata olmasligini ko`p marotaba guvohi bo`lganmiz.

Ruhshunoslar, o`ylagan narsangizni ochiq aytishni tavsiya qilishadi. “yo`q” so`zini ayta oladiganlar kuchli iroda egasi hisoblanadi. Shu kabi insonlar o`z salbiy odatlariga, xohishlariga ham “yo`q” javobini ayta oladilar. Masalan, g`iybat qilmaslikka, smartfondan ko`p foydalanmaslikka, yomon so`zlarni ishlatmaslikka va shunga o`xshash odatlarga.

Agarda siz “yo`q” javobini bermoqchi bo`lsangiz, ammo buni hech qilolmasangiz va siz har doimgidek “Xa” javobini aytishga tayyor bo`lsangiz, ozgina tanaffus olib o`ylab ko`ring.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Man aytolmayman insonlarga faqat yes deyman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social