2017-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi

2017-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi

Ushbu haftada TechRadar tomonidan tashkil etilgan “Mobile Choice Consumer Awards 2017” marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu marosimda, 2017-yil mobil bozoriga bog’liq bo’lgan eng yaxshi aqlli telefonlar, xizmatlar va mahsulotlar e’lon qilindi.

Ikki eng obro’li mukofotlarni Samsung kompaniyasi qabul qilib oldi. Samsung kompaniyasi 2017-yilning eng yaxshi smartfonlar ishlab chiqaruvchiso va Galaxy S8 esa 2017-yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi.

52

Honor brendi kutilmaganda «One to Watch» mukofotini qo’lga kiritdi va Honor 9 eng yaxshi o’rta sinfli smartfon deb topildi. Eng yaxshi byudjetli smartfonni hakamlar hay’ati Moto E4 deb topishdi. Mazkur moslama Honor 5C, Nokia 3310, Samsung Galaxy J3, Sony Xperia XA va Vodafone Smart N8 dan o’tib ketdi.

51

Eng yaxshi aqlli soat “Apple Watch 2” deb topildi va fitnes uchun taqiladigan qurilmalar kategoriyasida “Fitbit Charge 2” g’olib bo’ldi. Google Home internetga ulangan gadjetlar kategoriyasida g’olib bo’ldi va Amazon eng yaxshi onlayn do’kon sifatida e’tirof etildi.

Manba: 4pda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social