23 oktyabr kuni iPad mini taqdimoti bo`lib o`tadi

23 oktyabr kuni iPad mini taqdimoti bo`lib o`tadi

Kutilganidek planshetli komp`yuterning kichkinalashtirilgan model taqdimoti San-Xose shahrida bo`lib o`tadi. Undan tashqari ushbu marosimda ekran diaganali 13 dyuymga teng bo`lgan MacBook Pro Retina va Apple kompaniyasining eng kichkina stol komp`yuterlaridan biri Mac Mini yangi versiyasi ham taqdim etiladi.

Yangi iPad yanada kichkina ekran diagoniliga ega bo`ladi: 9 dyuym o`rniga 7 dyuymli bo`ladi. Oldingi versiyalariga qaraganda iPad mini umumiy komplektatsiyasi Evropada 249 evro bo`lishi kutilmoqda, bu esa uning raqibi Google Nexus 7 dan sal qimmatroq.

Eng byudjetli iPad Mini faqatgina Wi-Fi moduliga ega bo`ladi va qo`shimcha moslamalarsiz mobil aloqa tarmoqlari bilan ishlay olmaydi.

iPad Mini barcha to`plamlari ikkita odatiy ranglar variantiga ega bo`ladi, to`plamlar bir birlaridan internetga ulanish imkoniyatlari va joylashtirilgan xotira bilan farq etadi. Eng qimmat modeli 64 Gb xotirasi bilan birga barcha imkoniyatlargi ega va simsiz aloqaga ulanish funktsiyasi bilan 649 evro teng bo`ladi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Бизада нечпул буларкан?

  2. Rasul

    Otti kallasi bo’ladide nima bo’lardi

  3. JAHON

    ex bu yangi-yangi chikyaptiu, endi bilmisan qaysini olishga,baribir bir oydan keyin olgan narsendan xam yangisi chikadi )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social