Yangi tekst kiritish moslamasi har qanday yuzada ishlaydi

Yangi tekst kiritish moslamasi har qanday yuzada ishlaydi

Mobil texnologiyalarning rivojlanishi ma’lumotlarni kiritishning yangi usullarini yaratishga chorlaydi.

Yangi kiritish moslamasi “Tap” oddiy klaviaturalarning o’rnini bosishi mumkin.

6

Tap moslamasi qo’lda taqib yurgan va harakatlarni boshqaradigan “qo’lqop”ga o’xshaydi. Tap System ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, ular tezkor, aniq va foydalanuvchining doimiy kuzatishi kerak bo’lmagan ma’lumotlarni kiritish moslamasini yaratishdi. Tap nomli gadjet hamma zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlaydi va qulaylik bilan iOS, Android, Windows va Mac bazasidagi moslamalarni boshqarishga imkoniyat beradi.
5

Tap “qo’lqop”ga joylashtirilgan datchiklar qo’l va barmoqlar harakatini kuzatadi, bu esa oddiy harakatlar yordamida istalgan yuzada yozish imkoniyatini yaratadi. Moslama katta barmoqning uch marotada silkitish bilan yoqiladi, shundan so’ng gadjet ma’lumotlarni kiritishga tayyor bo’ladi.

Tap orqali moslamalarni boshqarish qo’lning har xil harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, beshta barmoq ishlatilgan holda, ular barcha kerak bo’lgan belgilarni yig’ishga muvaffaq bo’lishdi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. A'lo

    Admin-aka, bu gadjetni qayerdan sotib olsa bo’ladi? Internetdan topa olmadim. Ssilkasini beringlar iltimos. Qidirish uchun hatto nomini ham bilolmadim.

  2. Admin Fazo.tv

    Salom A’lo, Hozirda bu gadjetni test rejimida ishlab chiqarishdi. Shu yilning ohirida sotuvga chiqariladi va uning narhi 199 AQSH dollarini tashkil etadi. http://www.tapwithus.com/

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social