Android o’ziga yangi ism o’ylab topdi

Android o’ziga yangi ism o’ylab topdi

Google Snapchat orqali Android yangi versiyasi nomini e’lon qildi.

Marshmallow ning o’rinbosari rasmiy “Nougat” nomiga ega bo’ldi.

Kompaniya birinchi marotaba ochiq onlayn-ovoz berishni o’tkazdi, ammo “Nougat” eng mashhur nom bo’lganmi yoki yo’qligi ma’lum qilinmadi. Shu yilning mart oyida taqdim etilgan operatsion tizim hozirda ikkinchi darajali beta-sinovlardan o’tmoqda va ishlab chiqaruvchilarda mavjud.

Yangiliklardan Nougatda yangi ogohlantirish tizimi, multioynali rejim, yangilangan quvvat saqlash rejimi va Daydream  va Googlening yangi VR-platformasi bo’ladi.

Google o’z operatsion tizimiga Android 1.5 dan boshlab shirinliklar nomini berishni boshladi va bugungi kungacha o’z odatini o’zgartirmadi. Andorid oz vaqt ichida ko’plab nomlarga sazovor bo’lgan: Cupcake, Donut, Éclair, Froyo, Gingerbread, Honeycomb, Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, KitKat, Lollipop va Marshmallow.

Yangi tizimning ishga tushishining rasmiy sa’nasi belgilanmagan. Balki shu yilning yoz ohirilarida yoki sentyabr oyida chiqishi mumkin.

Manba: lifehacker.ru

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. xatker

    fuuu, ot androida toshnit

  2. Fazo.tv

    Sabab? Nima uchun?……………

  3. Jam

    Android alfavit boicha odini olishini bilmaganekanman. Qiziq

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social