“Apple” 10 sentyabr kuni uzoq kutilgan yangi “iPhone 5S”ni taqdim etadi

“Apple” 10 sentyabr kuni uzoq kutilgan yangi “iPhone 5S”ni taqdim etadi

“Apple” kompaniyasi 10 sentyabr` kuni bo`lib o`tadigan matbuot tadbiriga taklifnomalarni jo`natdi. Unda “iPhone” smartfonining ikkita yangi modeli taqdim etiladi. Tadbir “Apple” kompaniyasining Kaliforniyadagi qarorgohida bo`lib o`tadi. Agar taqdimot marosimi bo`lib o`tsa, unda qurilmalarni sotish ishlari shu oy oxirida boshlanishi mumkin. Bundan oldin kompaniya yangi “iPhone”larni taqdimot marosimidan keyin taxminan bir yarim haftadan so`ng do`konlarga etkazib berardi.

Bu safar “Apple” faqat bitta yangi qurilmani taqdim etish an`anasidan chekinishi va birdaniga ikkita modelni taqdim etishi mumkin. Bular metall korpusli standart model` va turli rangdagi plastik korpuslarga ega arzonroq model`.  “Apple”ning taqdimot marosimi uning raqiblari “Samsung” va “Sony” kompaniyalarinikidan oldinroq bo`lib o`tadi. Qayd etib o`tamiz, “Samsung” aqlli “Galaxy Gear” soatlarini taqdim etishi kutilmoqda.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jon

    e tezroq chiqsin ush bu iphone, xamayo mish mish buldiu uni deb!

  2. Nodir

    Daa yahshi ko’raylikchi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social