Apple aqlli tish cho’tkasini taqdim etdi

Apple aqlli tish cho’tkasini taqdim etdi

“Apple” onlayn-do’konida “Colgate E1” deb nomlanuvchi aqlli vazifalarni o’zida mujassamlashtirgan birinchi gigiyenik tish cho’tkasi paydo bo’ldi. Yangi mahsulotni faqat Apple Store do’konidan va Apple veb-saytidan sotib olish mumkin.

Qurilma Bluetooth orqali “iPhone” ga ulanadi. iOS uchun beriladigan “Connect” ilovasi o’yinlarni o’ynashga, tishlarni tozalashning muntazamligini nazorat qilishga va amaliyotni takrorlashni eslatib qo’yishga imkon beradi. “Aqlli” cho’tka foydalanuvchining odatlarini kuzatib boradi va og’iz bo’shlig’ini yanada samarali tozalash bo’yicha tavsiyalar beradi.

Colgate E1ni zaryadi 10 kunga yetarlidir. Yangilik Apple veb-saytida $ 99,95 ga buyurtma berish mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social