Apple dan navbatdagi taqdimot. Qanday yangiliklar?

Apple dan navbatdagi taqdimot. Qanday yangiliklar?

Yangi iPhone 6s va 6s Plus: ko`rinish o`zgarmagan, lekin ichidan yangilangan! 

San-Frantsiskoda Apple yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini taqdim etdi. Yangiliklar oldingi smartfonlarga o`xshab ketadi, ammo boshqa materialdan qilingan va yangi imkoniyatlarga ega bo`ldi.

«7000 seriyali» alyuminiy asosida yangi qotishma, “legirovali” rux va magniy ishlatilgan, ushbu moddalar korpusni 60% ga mahkamroq qiladi. Displeyni ximoyalovchi oyna oldingidan ko`ra yanada mustahkam bo`ldi.

“iPhone 6s” va “iPhone 6s Plus” smartfonlarning inovatsion yangiligi, bu 3D Touch tizimidir. Ushbu moslama maxsus datchiklar yordamida ekranga bosish harakat kuchini aniqlaydi va ilovalarga har xil bosishlarga vazifa bajarish imkoniyatini berdi.

Smartfon A9 protsessor ostida ishlaydi, bu esa 70% tezkorlikni oshiradi va grafikani 90% yuqori ishlashga imkoniyat beradi. Shuningdek, smartfon yangi pushti-tilla rangda ham chiqariladi.

“iPhone 6s” va “iPhone 6s Plus” 25-sentyabr` kuni AQShda va bir necha boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqadi. Yangi yilgacha esa 130 davlatlarda sotuvga chiqadi.

12,9-dyuymli iPad Pro

Moslama oldingi modeldan 2732 x 2048 pikselli 12,9-dyuymli displey va yuqori tezlikdagi A9X protsessori bilan farq qiladi.

Moslamaning qalinligi 6,9 mm va vazni esa 0,71 kg, planshet to`rtta dinamikga ega, ular ikki baravar yuqori balandlik beradi. Yangi ekran yordamida ikki katta ilovani bir vaqtda ishlatish mumkin.

Katta planshet uchun ikki yangi aksessur paydo bo`ldi. Birinchisi klaviatura uchun niqob, uning yordamida butunlay noutbuk o`rniga ishlatsa bo`ladi. Ikkinchi esa stilus (ruchka) iPad Pencil.

Apple ning ta`kidlashicha, ushbu planshetning batareyasi 10 soatgacha ishlashi mumkin.

Manba: hitech.vesti.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social