Apple + IBM

Apple + IBM

Amerikaning Apple kompaniyasi eng katta dasturiy ta`minot kompaniyasi IBM  bilan birga «olmali» gadjetlar uchun mo`ljallangan ilovalarni ishlab chiqarish bo`yicha birga ish olib borishmoqchi.

Yaqin kelajakda yangi ilovalar iPad va iPhone larda paydo bo`lishi haqida ikki gigant kompaniyalarning rahbarlari Tim Kuk va Virdjiniya Romettilar habar berishdi.

«1984-yilda biz raqiblar edik. 2014-yilda esa bu kabi bir-biriga juda mos keladigan kompaniyalar topilmasa kerak», deb ta`kidlab o`tdi Tim Kuk.

Rometti ham bu faqat «boshlanishi» ekanligini aytib o`tdi. Kompaniya rahbarlarining so`zlariga qaraganda, yangi ishlanmalar birinchi bo`lib korporativ dasturiy ta`minot mijozlariga taqdim etiladi.

Habarlar bo`yicha IBM va Apple 100 dan ortiq iPhone va iPad uchun biznes-ilovalarni ishlab chiqarishadi. Ularning bir qismi bu kuzda chiqishi kutilmoqda, boshqalari esa keyingi yilda chiqarilishi ko`zda tutilgan.

2014-yilda Apple kompaniyasi eng qimmat brendlar reytingida o`z o`rinini yuqotgan. Ushbu ro`yxatda birinchi o`rinni boshqa IT-gigant — Google egalab turibdi. IBM esa faqatgina uchinchi o`rinda qolgan edi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ином

    нахотки? кизик булдию! мен эшитудим шундай булади деб, лекин бу миш-миш деб уйладим. карасам гап-сузлар тогри чикдию!

  2. Jahon

    Gigantlar bir -biri bilan urushgandan ko’ra, bir-biriga qo’shilgan eng yaxshisi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social