Apple katta “iPad” ni 2015-yilda chiqarishni rejalashtirgan.

Apple katta “iPad” ni 2015-yilda chiqarishni rejalashtirgan.

Hozirda Apple kompaniyasi iPad modelining katta o`lchamli (12,9 dyuym) ekran bilan ishlarni olib bormoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, planshetning ishlab chiqarilishi 2015-yilning birinchi choragida boshlanishi mumkin. Hozirda kompaniya “aypadlarni” ikki hil turini, 9,7 va 7,9 dyuymli displeyli moslamalarni chiqarmoqda.

Nima uchun katta displeyli planshet kerak? Kompaniya mazkur savolga shunday javob berdi: 12,9 dyuymli iPad biznes-foydalanuvchilar uchun kerakli moslama bo`lishi mumkin. Yangilik dizaynerlar, muhandislar, arxitektorlar va boshqa sohadagi ishchilarga yuqori sifatli MacBook Pro ni o`rnini bosishi mumkin.

Apple ga yaqin bo`lgan Bloomberg manbaining habarlariga qaraganda, kompaniya “yaqinda” iPad va iPad mini yangi modellarining standart ekranlar bilan ishlab chiqarishni boshladi. Ularni shu yilning oxirida sotib olish imkoniyati mavjud.

Apple 12,9 dyuymli iPad larni ishlab chiqarishining yana bir maqsadlaridan biri bu 2014-yilning birinchi va ikkinchi choraklarida iPad ning sotuvlari pasayishidir. 2013-yilning oxirida Apple 26,04 mln moslamalarni sotdi, bu yilda esa 1 choraqda – 16,35 mln moslamalarni sotdi,  ikkinchi chorakda esa – 13,28 mln moslamalarni sota oldi.

Balki yangi katta displeydagi iPad lar Apple ning sotuvini oshirar yoki aksincha bo`lishi mumkin!?  Buni vaqt ko`rsatadi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social