Apple ommaviy axborot vositalarini iPhone 8 taqdimotiga taklif qildi

Apple ommaviy axborot vositalarini iPhone 8 taqdimotiga taklif qildi

Apple kompaniyasi 12-sentabrda bo’lib o’tadigan taqdimotga taklifnoma jo’natdi. Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs (Steve Jobs Theater) nomi bilan atalgan yangi Apple Park shtab-kvartirasida birinchi marta matbuot tadbirini o’tkaziladi.

Kutilganidek, tadbirning asosiy mavzusi iPhone 8 smartfoni haqida bo’ladi (garchi, bu boshqacha nomlanishi mumkin bo’lsa ham). Qurilma OLED ekranga, simsiz zaryadlash va infraqizil sensorli ikki tomonlama old kamera bilan ishlaydigan yuzlarni skanerlash tizimiga ega bo’ladi. Bundan tashqari, yana ikkita oddiyroq “iPhone” bo’ladi – iPhone 7s va 7s Plus, o’tgan yili iPhone 7/7 Plus dizaynlari takrorlanmoqda, lekin metal o’rniga shishali panel mavjud bo’lar ekan.

Bundan tashqari, Apple, iOS, macOS, watchOS va tvOS operatsion tizimlarining yangi versiyalari mavjud bo’ladi.

Manba: Hitech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social