Apple yangi iPad va iMacni taqdim etdi

Apple yangi iPad va iMacni taqdim etdi

Apple Kupertinoda o`zining navbatdagi taqdimotini o`tkazdi. Mazkur marosimda iPad Air 2 va iPad mini 3, hamda yangi avlodli iMac Retina-displeyli komp`terni rasman taqdim etdi.

Foto: iPad Air 2

iPad Air 2 o`zining oldingi modelidan 18% ga yupqaroq ya`ni 6,1 millimetrni tashkil etadi. Shuningdek, 64 bitli A8X protsessorning quvvati ham ikki baravarga oshgan. Planshet Touch ID tugmaga ega bo`ldi, ushbu tugma iPhone ning ikki avlodida joylashtirilgan edi. Ushbu tugma ekran blokirovkasiga va Apple Pay orqali sotib olishga javob beradi. Apple orqadagi kamerani yanada yangiladi. Unda endi sekinlashtirib olish funktsiyasi mavjud. Planshet qatorida oltin korpusli gadjet ham paydo bo`ldi. WiFi-model`ning narhlari $499 (16 GB), $599 (64 GB) va $699 (128 GB). 3G-modul`li gadjetlar $30 ga qimmatroq turadi.

Foto:iPad mini 3

iPad mini 3 haqida esa, Apple taqdimotga unga ko`p vaqt ham ajratmadi. A7 protsessorli planshet 7,9 dyuymli displeyga ega, uning qalinligi va vazmi o`zgarmagan 7,5 millimetr va 331 grammdir. Asosiy kiritilgan yangilik bu oltin rangli planshetni paydo bo`lishi va TouchID qo`llashidir. Gadjetning narhi $399 – $599, WiFi-versiyasi va 3G modellari uchun esa $529 – $729 ni tashkil etadi.

Foto: iMac

Yangi iMac monobloklar eng yaxshi Retina 5K displey 5120 x 2880 ga ega bo`lishdi. 27 dyuymli displeylar 4 yadroli 3,5 gigagerts bo`lgan Intel Core i5 protsessorga ega. Moslama 8 GB operativ xotiraga ega bo`lib, o`zining xotirasi 1 terabaytdir. iMac yangilangan AMD Radeon R9 M290X grafik tezlatkichga ham egadir. Hamda komp`terning kuchliroq versiyasi ham mavjud va unda 3-terabaytli xotira, 4 gegagertsli Intel Core i7 protsessor mavjud. iMac yangi OS X 10.10 Yosemite operatsion tizimida ishlaydi. Komp`yuterning narxi $2,499 dan boshlanadi.

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social