Aqlli braslet odatlarni o`zgartirishga yordam beradi

Aqlli braslet odatlarni o`zgartirishga yordam beradi

Stenford universitetining bituruvchisi Manish Seti ijobiy odatlarni shakllantirish uchun “aqlli” braslet Pavlok ni ishlab chiqarishni boshlashga tayyor turibdi.

style=”text-align: justify;”>Mazkur moslamaning asosiy ishlash qonun-qoidasi quyidagicha: agarda foydalanuvchi ertalab vaqtida uyg`onmasa yoki sportzalga mashq qilishga borishni hoxlamasa, gadjet o`zining foydalanuvchisiga kichik quvvatli tok bilan uradi.

“U mening bilagimda joylashgan va ertalab soat 6 da “vibratsiya” qilishni boshlaydi. Men uyg`onish vaqtini o`zgartirishim mumkin bo`ladi, ammo ikki marotaba shunday qilsam, u meni tok bilan uradi”, – deb tushuntirib berdi Manish Seti, shunday qilib Pavlok uni ertalab vaqtli uyg`otishga o`rgatdi.

Foydalanuvchining do`stlari qo`yilgan maqsadlarning bajarilishini maxsus ilova orqali yoki Facebook orqali kuzatishlari mumkin. Masalan, agarda rejalashtirilgan 10 ming qadam o`tilmagan bo`lsa, yugirish esa Runkeeper da belgilanmagan bo`lsa, do`stlari tok chiqaradigan tugmaga bosishlari mumkin bo`ladi.

Manish Seti so`zlariga qaraganda, 43 Things yoki Pact kabi ruxlantirilgan ilovalar barchaga ham to`g`ri kelmaydi, chunki ishlar unitiladi yoki keyinchalikka qoldiriladi. “Ohirgi bir nechta oy vaqt mobaynida men o`zimni trenajer zalga borishga majburladim va natijada 13 kilogrammga ozdim… Va mening do`stim mening yurishlarimni kuzatishga ega bo`ladi”, deb aytib o`tdi Manish Seti.

Moslama yaratish uchun Kraudfanding kompaniya bu kuzda o`z faoliyatini boshlaydi. Agarda omadli o`tsa, shundagina Pavlok sotuvi keyingi yilda boshlanadi. Ushbu braslet 250 dollar atrofida turishi kutilmoqda.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. axror

    uzbelarga bu braslet mos keladi ))) balki keyin kech qolmasdan yurardik!

  2. muslim

    eee jonga teyadiyu sani doim tok bilan ursa, naabarot jahlin chikadi! nima keragi bor shunga???

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social