AQSh superkompyuter poygasida yana Xitoyni mag’lub etdi

AQSh superkompyuter poygasida yana Xitoyni mag’lub etdi

AQShning yangi superkompyuteri dunyodagi eng kuchli 500 ta eng yirik hisoblash tizimlar ro’yxatida o’z yetakchiligini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. IBM tomonidan Nvidia kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan “Summit” superkompyuteri, avval birinchi o’rinda bo’lgan Xitoyning “Sunway TaihuLight” superkompyuteridan ikki barobar samarali deb topildi.

“Summit” ishlashi soniyasiga 200 petaflops yoki 200 000 trillion operatsiyani tashkil qiladi. “Sunway TaihuLight” superkompyuteri esa 93 petaflopsga teng. Uchinchi eng kuchli superkompyuter “Tianhe-2” Guanchjoudagi Milliy Superkompyuterlar markazida o’rnatilgan va uning ishlashi 33,86 petaflops ga tengdir.

“Summit” superkompyuteri “Oak Ridge National Laboratory” (Tennesi, AQSh) da o’rnatilgan. Moslama 930 kvadrat metr maydonni o’z ichiga oladi va 20 megavatt elektr quvvatini iste’mol qilmoqda (huddi shunday miqdordagi elektr quvvati AQSHda 16300 uyga sarflanadi). Summit superkopyuteri yaratilishga 200 million dollar sarflandi.

Summitning hisoblash kuchi astrofizika, genetik muhandislik, saraton kasalligini davolash va boshqa kasalliklar sohalarida tadqiqotlar o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, superkompyuter trillionlab senariylarga ega bo’lgan vaziyatlarni modellashda yordam beradi. Misol uchun, Summit tufayli olimlar portlash fizikasini o’rganishlari va yulduzlarning evolutsiyasidan kelib chiqadigan jarayonlarni yaxshi tushunishlari mumkin.

Mazkur moslama hujayralardagi mitoxondriyalarni o’rganish tizimi Parkinson va Altsgeymer kabi genetik kasalliklarni erta aniqlash uchun yanada ishonchli sinovlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Summitni sun’iy aql sohasida ham qo’llanilishi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social