CES ‘2012 yakuni!

CES ‘2012 yakuni!

2012 yil yanvar oyida AQSh ning Las-Vegas shahrida bo`lib o`tgan Consumer Electronics Show ‘2012 ko`rgazma tashkilotchilari bu safargi ko`rgazma o`zining 44-yillik tarixi maboynidagi eng yirik tadbirlaridan biri bo`lib o`tganligini aytib o`tishdi. Bu yilgi CES ko`rgazmasiga tashrif buyurgan odamlar soni 153 mingdan ortgan, bu esa o`tgan 2011 yil bilan solishtirganda 2% ko`p degani.

CES ‘2012 ko`rgazmasida o`z mahsulotlari bilan qatnashuvchilar soni ham rekord darajaga etdi. Bu yili 3,1 mingta firma o`zlarining ko`rgazma stendlari bilan qatnashib 20 mingdan ortiq yangi mahsulotlarini namoyish qilishgan. Ko`rgazmada Google, Facebook, Qualcomm, Intel, Nokia, Microsoft, Motorola va shu kabi elektronika olamida o`z nomlarini chiqarishga ulgurgan kompaniya top-menedjerlari ishtirok qilishdi.  

Ko`rgazmaning eng ahamiyatli taraflaridan biri bu Microsoft kompaniyasi rahbari Stiv Balmer CES ‘2012 ko`rgazmasini oxirgi marta ochib berdi. Sababi korporatsiya endi bu tadbirda ishtirok etmaydi. Lekin ancha yillardan beri bu tadbir aynan Microsoft korporatsiyasi tomonidan ochib berilib kelgan. Microsoft kompaniyasi CES ko`rgazmasida ishtirok etmasligini “ko`rgazma o`tkaziladigan muddati yangi mahsulot ishlab chiqarish tsikli va muddati bilan to`g`ri kelmaydi” deb izohlab o`tgan.

2
Bu ko`rgazmada biz Intel ning uyali hisoblash qurulmasi yani Intel Medfiled platformasida ishlaydigan – Lenova K800 birinchi smartfonining sotuvga chiqishi haqida xabar oldik. Intel kompaniyasi Motorola Mobility bilan sheriklik shartnomasiga kelishib olgan. Bu tijorat kelishuviga ko`ra Motorola Mobility 2012 ikkinchi yarmidan Medfield platformasida ishlovchi smartfon va planshetlarni etkazib beradi.    

Aloxida aytib o`tishimiz kerakki Google Android 4.0 ilovasining interfeysi dizayni va bezagiga umumiy standartlar kiritilganini e`lon qildi. Bu haqda Android bosh dizayneri Matias Duarte aytib o`tgan. Endilikda kompaniya – ishlab chiqaruvchilardan xaridorlar uchun Android ning standart ko`rinishlari bilan al`ternativ ko`rinishlari o`rtasida tanlash imkoniyati berishini talab qiladi.
Endi Android 4.0 Ice Cream Sandwich ga maxsus interfeys standartlari kiritilgan bo`lib, Google bu standartlarni ilova ishlab chiqarilish jarayonida foydalanishni taklif qilyapti, sababi Android 4.0 ilovasi interfeysi umumiy standartlardan uzoqlashib ketmasligi kerak.

CES ‘2012  ko`rgazmasida yirik korparatsiya va kompaniyalar tomonidan taklif etilgan eng  so`ngi mahsulotlar haqida yana ma`lumot berib o`tamiz.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    ВАУ жуда катта кургазма булган экан! тассавур килдим 20 мингдан ортиқ янги маҳсулотларини намойиш қилишган! дунёда менимча хар дакика янги нарса яратилмокда?

  2. hi tech

    бу хакда эшитгандим, лекин натижалари хакида хали эшитмагандим. Рахмат берган ахборотиз учун. Агар иложи булса бу кургазмада энг яхши ва мувофакиятли деб топилган махсулотлар хакида хабар берсангиз, олдиндан катта рахмат

  3. union

    hi tech rivojlanishi bu juda xam yaxshi… bizga faqat yanglik kerak!

  4. hi tech

    union бу билан нима демокчисиз? Сизга кандай янгилик кере?

  5. hi tech

    бу кургазмадаги янги махсулотлар хакида ахборотни кутвомман хали, агар иложи булса шу хакда хам маълумот бериб утсангиз. Дустлар агар кимдадир бу кургазма хакида кандайдир маълумот булса келинг булашайли, манимча бу купчилини киззиктирса кере

  6. union

    uzbekistonda bir yangi tegnologiyani yaratsinlar.bizlarda xam qobiliyatli va dono odamlar borku!

  7. Али

    бу кургазмалар ичида энг йиригими? ёки бундан бошкада йирик кургазмалар борми?

  8. neo

    uyliman undan xam yiriq kurgazmalar bor va buladi, chunki dunyo kundan kunga uzgarib boryapti.

  9. hi fi

    жуда зур, ман хам бу кургазм хакида биринчи марта ештиб туримман, олдин эштмаган эканман. Бу кургазмада янгилик деб топлиган янгилилар борми?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social