Cortana JCh-2014 o`yinlarning natijasini oldindan aytib bermoqda

Cortana JCh-2014 o`yinlarning natijasini oldindan aytib bermoqda

“Microsoft” korporatsiyasi “Cortana” ovozli virtual qidiruv yordamchiga oldindan aytib beradigan “Bing” tizimi kiritilgan. Uning aniqligini tekshirish uchun bugungi kunda mashxur bo`lgan marosimda yani Braziliyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha Jahon Chempionatida tekshirishni qaror qilishdi.

Futbol bo`yicha Jahon Chempionatini kuzatayotgan amerikalik muhlislar, kim Windows Phone 8.1 ishlatsa, Cortana ga «kim bugungi o`yinda g`olib bo`ladi?» kabi berilgan savolga darhol ushbu tizimdan to`g`ri javob olishadi.

Hozirgi vaqtgacha ovozli yordamchi sakkiz o`yinnnig natijasini oldindan aytib, birortasiga noto`g`ri javobni bermagan, aksincha aniqlik bilan 8 o`yinlarning to`g`ri natijasini ko`rsatgan. JCh-2014 yakuniga etishiga oz vaqt qoldi, ko`ramiz keyinchalik Cortana o`zinini qanday ko`rsatadi.

Bing oldindan aytib berish tizimi oldingi o`yinlarni hisobga olgan holda, hamda boshqa faktorlarga ko`ra, ayniqsa ob-havo va hokazolarni hisobga olgan holda javob beradi.

Mazkur yilning aprel oyida Microsoft rasmiy ravishda «aqlli» ovozli yordamchi Cortana ni taqdim etdi. Ushbu ovozli yordamchi Windows Phone 8.1 operatsion tizim ichiga o`rnatilgan va moslama butunlay qidiruv funktsiyaga ega.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social