Dunyodagi birinchi tungi ko’rish kamerali smartfon

Dunyodagi birinchi tungi ko’rish kamerali smartfon

Daniyaning “Lumigon” kompaniyasi o’z mahsulotiga e’tiborni tortmoqchi bo’ldi va o’zining smartfonini ikkita kamera bilan jihozladi ya’ni ularning bittasi 4-megapikselli tungi ko’rish kamerasi, u ikkita infraqizil svetodiod yorug’likga ega. Shunday ekan, “Lumigon T3” dunyodagi birinchi mobil moslama tunda olishi mumkin, hamda IK-yorug’likga ega va oddiy ko’z ko’rolmagan narsani ko’rishi mumkin.

Lumigon moslamaning korpusi zanglamaydigan korpusdan qilingan. Chang va suvga qarshi himoyasi mavjud. Lumigonda 4.8-dyumli HD (1280×720 piksel) Super AMOLED-displeyga ega va mustahkam Corning Gorilla Glass oynaga ega, uning protsessori 4, 8-yadroli MediaTek Helio x10 2.2 GGts, 3 GB operativ xotira va 128 GB flesh-xotira, microSD karta uchun joy, ikkita sim-kartali joy va barmoq izlari skaneri mavjud.

Asosiy kamerasi 13-Mp va oldi kamera 5-Mp, stereofonetik dinamiklar, GPS/GLONASS/BEIDOU, NFC, Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.1, akselerometr, elektron kompas, giroskop, balandlik o’lchovi, termometr va IK-datchik lar bilan jihozlangan. Xavfsiz aloqa uchun, ma’lumotlarni va parollarni saqlash uchun Vault ilovasi ishlatiladi. Simsiz zaryad qilinishi va LTE tarmoqda ishlashi mumkin.

Lumigon T3 ning vazni 145 gramm, o’lchami 137×69×7.9 mm va Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi ostida ishlaydi. Yangilikning narxi $925. Oltin korpus bilan jihozlangani $1200 turadi. Har bir smartfonga Hi-Fi naushniki qo’shib beriladi.

8

Manba: 24gadget.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social