Dunyodagi eng mustahkam smartfon – Sonim XP7 Extreme (+video)

Dunyodagi eng mustahkam smartfon – Sonim XP7 Extreme (+video)

Sonim kompaniyasi dunyodagi eng mustahkam LTE Android smartfon ya`ni Sonim XP7 Extreme smartfonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda va bu uchun Indiegogo (mablag` eg`ish veb sahifasi) da mablag` eg`ish boshlangan.

Sonim XP7 Extreme standart gadjetlardan o`zining mustahkamligi bilan farq qiladigan birinchi smartfon emas. Sonim XP7 Extreme zarbalarga, ikki metrlik balandlik, suvga ikki metr tushish kabi sinovlarga qarshi turishi mumkin, hamda uni mashina bosib o`tsa ham ishlashda davom etadi. Bundan tashqari, moslama chang va loyga qarshi qoplamaga ega bo`ladi va termohajm yordamida sovuqlik va issiqlikga (-20 /+55° S) qarshi turib berishi mumkin.

Sonim XP7 Extreme texnik harakteristikasi zamonaviy o`lchovi bilan idealdan o`zoqlashgan. Smartfon 4 dyuymli 800×480 piksel` ekranga ega va u qo`lqopda tegishlarni sezadi. Moslama Qualcomm Snapdragon 400 protsessor bilan jihozlangan. Operativ xotirasi 1 GB, ichidagi xotira – 16 GB ni tashkil etadi. Asosiy va oldingi kameralar 8 va 1 Mp. Smartfon 2G, 3G va 4G aloqalarda ishlaydi va XP7 Extreme akkumulyator xajmi 4800 mAch, bu esa moslama gaplashish rejimida 40 soat ishlashga imkoniyat beradi.

Mustahkam smartfonni oldindan buyurtma qilish 579 AQSh dollori etib belgilangan. Sonim XP7 Extreme smartfoni asosan ekstrim sportni sevuchilari uchundir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social