Ekspertlar Apple iPhone 6s ning tannarxini hisoblab chiqishdi

Ekspertlar Apple iPhone 6s ning tannarxini hisoblab chiqishdi

Yangi smartfonlar taqdim etilganidan so`ng, ularni har xil narsalarda sinab ko`rishadi. Bu safar esa, yangi iPhone 6s 64 GB ning har bir qismini va tannarxini xisoblab ko`rishdi va buni “Bank of America Merrill Lynch” mutaxassislari amalga oshirishdi.

Natijada, iPhone 6s 64 GB ning barcha komponentlarining narxi 234 AQSh dollarini tashkil qildi. Ulardan: $127 — yarimo`tkazuvchi komponentlar (radiomodullar — $36, protsessor A9 — $25, barmoq izlari skaneri, NFC va datchiklar — $22, flesh-xotira 64 GB — $20), displey, kamera va akkumulyator — $73. Qolgan komponentlarning jami $33.

Apple ning boshqa smartfonlari bilan solishtirib ko`rsak, iPhone 6 Plus komponentlari $222.8 va oddiy iPhone 6 niki esa $205.8 ni tashkil etar ekan.

Manba: mirfactov.com

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social