Ekspertlar iPhone 6 ning narxini aniqlab berishdi

Ekspertlar  iPhone 6 ning narxini aniqlab berishdi

IHS  tadqiqiy firma hodimlari iPhone 6ni analiz qilib, uni baholashdi.

Ularning baholashi bo`yicha smartfonning eng qimmat qismi – bu sensorli panel` va LG Display va Japan Display kompaniyalardan himoya oynasidir. iPhone 6 unga 45 AQSh dollar sarflangan bo`lsa, iPhone 6 Plus ga esa 52 dollar sarflangan.

Apple A8 protsessori taxminan 20 dollar turadi, bu esa iPhone 5S dagi A7 modelidan uch dollarga qimmatroqdir. Bundan tashqari Apple yangi smartfonlari Apple Pay funktsiyasiga javob beradigan mikrochiplarga ega – ushbu chiplar gadjetning narhiga yana 22 dollar qo`shimcha qildi.

Kamera modullari 17-18 dollardan baholandi. Batareya akkumulyatori – 3,5 dollar iPhone 6 da va iPhone 6 Plus esa 6 dollar turadi. yig`ish uchun va test sinov harajatlari yana 11 dollardan qo`shilgan.

Natijada esa Apple bitta iPhone 6 ishlab chiqarish uchun 200 dan 247 dollargacha sarflaydi.

Apple rasmiy do`konida ikki yillik shartnoma tuzganida iPhone 6 ni 199 dollarga va iPhone 6 Plus  modelini esa – 299 dollarga olsa bo`ladi,. Shartnomasiz iPhone narhlari 649 dan 849 dollargacha modelning xotirasiga qarab bo`lishi mumkin va uning kattaroq modellari uchun 749 dan 949 gacha etib belgilangan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sorin

    Bitta Iphone narxiga Afrikadagi bitta qishloq bir oy tuq yashaydi,

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social