Endi Apple iOS 7 ni yuklab olish mumkin

Endi Apple iOS 7 ni yuklab olish mumkin

iPhone, iPad va iPod moslamalarining foydalanuvchilari Apple mobil operatsion tizimi  iOS 7 ni yuklab olish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Qolaversa, iOS operatsion tizimi oldingi versiyalari o`zidan iOS7 ga yangilash imkoniyati ham tug`ildi. Ammo ushbu yangilik barcha iOS versiyalari uchun to`g`ri kelmaydi.

iOS ni yangilash, moslamaning versiyasiga qarab 700 megabayt joy oladi va barcha foydalanuvchilar uchun yuklab olish imkoni mavjud. iPhone 4, iPad 2, iPad mini va iPad Touch 5 avlod va undan katta bo`lgan moslamalarning egalari o`z tizimlarini iOS 7 gacha yangilay oladilar. Dastur platformasi o`tgan xaftada kirib kelgan iPhone 5S va iPhone 5C smartfonlarida o`rnatilgan.

Xabarlarga qaraganda,  ko`pchilik foydalanuvchilar iOS 7 operatsion tizimini yuklash vaqtida muammolarga duch kelyapdilar. Foydalanuvchilar yuklash va o`rnatish paytida xatolik haqida xabar olishyapdilar. Bunga esa Apple serveriga bo`lgan katta bosim va ko`plab foydalanuvchilarning yuklash harakati hisobiga sodir bo`layotganini sabab qilib ko`rsatishgan.

iOS7 da 200 dan ortiq yangi vazifalar paydo bo`lgan. Ularning ichida – fayl almashish xizmati AirDrop, iTunes Radio musiqa servisi hamda kameralarda fotofil`trlar paydo bo`lgan, ovozli yordamchi Siri va Apple kartalari ham yangilandi. Safari brauzeri to`liq ekranli funktsiyasiga ega bo`ldi va App Store dan yuklaydigan dasturlar foni yangilanadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    eshitdilami xitoy uje iphone 5c ni chiqara boshlabdi

  2. hi tech

    ула истаган нарсасини клон килишади, янги ойфон хакидаям эшитувдим, аслида ойфон эмас балким янги ойфонга ухшаш смартфон, унда андроид тизимида ишлайди, лекин оболочкасида iOS турибди

  3. Farii

    Xaaa Apple ga gap yoooqq

  4. Ikboljon

    Салом

  5. madina

    reklamada menga juda yoqdi iphone 5S, lekin ko’plari do’stlarim aytyaptiki iphone 5 bilan katta farq qilmayapti!

  6. madina

    salom )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social