Eng yaxshi ekranli smartfon nomi ma’lum bo’ldi

Eng yaxshi ekranli smartfon nomi ma’lum bo’ldi

Mutaxassislar hozirda eng yaxshi ekranning o’ziga xos xususiyatlariga ega smartfonni aniqlashdi.

Tadqiqotlari va sinovlari bilan mashhur bo’lgan DisplayMate portali eng yuqori natijani 6,3 dyumli Samsung Galaxy Note 8 ekrani olganligini tasdiqlovchi ma’lumotni e’lon qildi.

Samsung kompaniyasining yangi flagmani yoni bukilgan chet ramkalarsiz OLED displeyga ega. U avvalgi g’olib Galaxy S8dan ustunroq. Galaxy Note 8 ekrani oldingi avlodlardan 22 foizga porloq va 20 foiz kattaroq, u ishlash va ko’rish burchagini yaxshilaydi va qiyin yorug’lik sharoitini yaxshi o’qiydi.

G’olib chiqqan moslamaning ekran o’lchami 2960 x 1440 piksel, taraflar nisbati 18,5 dan 9 gacha (ko’pchilik zamonaviy smartfonlarda 16 dan 9 gacha). Ekran 4K televizorlarda ishlatiladigan rangli gamma DCI-P3 Color Gamut ga ega. Tegishli sertifikat ishlab chiqaruvchilarga Galaxy Note 8 da premium klass TV 4K UHD uchun ishlatiladigan texnologiyasidan foydalanish imkonini beradi.

Manba: Rambler

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shodiya

    narxi qancha bu smartfonni

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social