Facebook oddiy Android uchun yangi versiyasini test sinovidan o`tkazmoqda

Facebook oddiy Android uchun yangi versiyasini test sinovidan o`tkazmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog`i “Facebook Lite” deb nomlanuvchi ilovani test sinovlaridan o`tkazmoqda. “Facebook Lite” – bu qimmat bo`lmagan Android smartfonlar uchun engil va tezroq ishlovchi versiyadir.

Hozirgi vaqtda ilova Bangladesh, V`etnam, Zimbabve, Nepal, Nigeriya, Sudan, Shri-Lanka va JAR mamlakatlarida mavjud. Agarda sinovlar yaxshi bo`lsa, ilova boshqa qatordagi mamlakatlarda ham mavjud bo`ladi. Ushbu ilova eski yoki arzon Android smartfonlar uchun va 2G internetdagi yoki past internet bilan foydalanuvchilarga mo`ljallangan.

“TechCrunch” internet nashrining ta`kidlashicha, shunday ilovani ishlab chiqarilishi Facebook ning rivojlanayotgan mamlakatlardagi mustahkamlash qadami bo`lishi mumkin, chunki u erdagi smartfonlar va mobil platformalar asosiy aloqa jihozlaridir.

Hozirda mazkur ilovani qariyib 10 ming marotaba yuklab olingan.

*Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social