Facebook yaqin joydagi do`stlarni ko`rsatadi

Facebook yaqin joydagi do`stlarni ko`rsatadi

Facebook o`zining mobil ilovasiga foydalanuvchiga yaqin joyda bo`lgan do`stlari haqida ma`lumot beruvchi Nearby Friends funktsiyasini qo`shadi.

Nearby Friends qo`shilgan holatida yaqin joyda bo`lgan do`stlarni ko`rsatadi, qolaversa ulargacha bo`lgan taxminiy masofa va oxirgi marta shu joyda qachon bo`lganligi haqidagi ma`lumotlarni bera olish imkoniga ega bo`ladi.

Foydalanuvchi o`z joyi haqidagi ma`lumotlarni muayyan bir guruh bilish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun turgan joyi haqida ma`lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi foydalanuvchilarda Nearby Friends funktsiyasi qo`shilgan va o`z joylari xaqidagi ma`lumotni qo`ra olishlari uchun ruxsat berishlari shart bo`ladi.

Shuning bilan birga, Nearby Friends foydalanuvchilarga ma`lum bir vaqtda geografik ma`lumotlari haqida xabar berib turish imkoniyatini beradi. Misol uchun foydalanuvchi bu xizmatdan ancha olisda, ya`ni sayyohat yoki mehnat tatilida bo`lgan vaqtda foydalanishi mumkin.

Facebook vakillarining ta`kidlashicha, yangi funktsiya yaqin kunlarda AQSh xududida Android va iOS lar uchun ijtimoiy tarmoqning mobil versiyalarida ishga tushadi. Boshqa hududlarda bu yangi funktsiyaning ishga tushishi haqida hozircha xech qanday ma`lumot yo`q.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    e bumidigan dastur, kim xoxlaydi shunaqasini??? xattoki oylaviy juftliklar xoxlamasa kere shunday dasturni!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social