Ikki kamerali Nokia 8 flagmani taqdim etildi

Ikki kamerali Nokia 8 flagmani taqdim etildi

Smartfon 7,9 mm qalinlikda metall korpusga ega bo’ldi. Smartfon to’rt xil rangda chiqarilad: yaltiroq bronza va indigo, jilosiz indigo va po’lat ranglarda.

Nokia 8 displey diagonali 5,3 dyuymni tashkil etadi, ruxsati esa 1440×2560 piksel teng. Displeyni Corning Gorilla Glass shishasi himoya qiladi. Displey ostida esa barmoq izlari skaneri va sensorli klaviatura joy olgan.

Ozo Audio texnologiyasini qo’llaydi – uchta mikrofonlar yordamida katta ko’lamli tovushlarni yozish imkonini beradi. bilan hajmiy ovoz yozishga imkoniyat beradi.

Nokia 8 taqdimotida kompaniya asosiy e’tiborni kameraning imkoniyatlariga qaratdi. Asosiy kamera Carl Zeiss optikasi bilan ikkitali 13-megapikselli moduliga ega, old kamerasi ham 13 megapiksel.

Smartfon oq va qora rejimda va ikki kamera yordamida rasm fonini loyiqalik qilish imkoniyatiga ega bo’ldi, lekin asosiy funksional – Bothie bo’ldi.

Bothie – bu Nokia dan ikki tomonlama selfiening yangi turi. Dual-Sight funksional sizga asosiy va old kamera bilan bir vaqtning o’zida foto va videolarni yozish imkonini beradi, tasvir ikki qismga ajratiladi. Bundan tashqari, bu shaklda Facebook yoki YouTube da onlayn efir amalga oshirilishi mumkin.

Bunday selfie bir vaqtning o’zida qiziqarli narsaga va bo’layotgan voqeaga smartfon egasining reaksiyasini ko’rsatishi mumkin.

n8Balki boshqa kompaniyalar ham kelajakda o’z qurilmalariga shu funksionalni qo’shib qolishar va biz yangi trend guvohi bo’larmiz.

Nokia 8 xususiyatlari:

Chip: Snapdragon 835 (4 yadro 2.45 Ggrth chastotasi bilan + 4 yadro 1,8 Ggrth chastotasi bilan).

Xotira: 4 GB tezkor xotira va 64 GB doimiy xotira.

Tizim: Android 7.1.1 Nougat.

Kamera: 13 + 13 Mp – asosiy; 13 Mp – old.

Batareya: 3090 mA soat.

O’lchamlari: 151,5 × 73,7 × 7,9 mm.

Og’irligi: 160 g

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social