Lenovo hamyonbop Yoga A12 noutbuk-transformerni taqdim etdi!

Lenovo hamyonbop Yoga A12 noutbuk-transformerni taqdim etdi!

O’tgan yili, Lenovo zamonaviy Yoga Book bilan barchani hayron qoldirgan edi. Ushbu qurilma noodatiy dizayni, yuqori sifatli materiallar va bir vaqtning o’zida planshet va noutbuk vazifalarini bajaraolish qobiliyati bilan ko’pchilikga ma’qul kelgan, biroq  narxi hisobidan ko’plab mijozlar uchun to’g’ri kelmagan.

Yangi model Yoga A12 – o’tgan yilgi noutbukning byudjetli varianti. U faqat Android operatsion tizimi ostida ishlaydi va atiga $ 299 turadi.

Lenovo Yoga A12 – 12,2 dyuymli ekranga va shu bilan birga sensorli sezgir tugmalar paneliga ega. Biroq yangi uskunada stilus bilan ishlash imkoni yo’q.

2Qopqoq burilish mexanizmida ham o’zgarishlar mavjud, lekin hali ham 360° bo’yicha aylantirish mumkin. Bunday imkoniyat Yoga A12 ni noutbuk va planshet qilib foydalanishga imkoniyat yaratadi.

Ingichka koplama ichida (10,9 mm) Intel Atom x5 Z8550 protsessor, 2GB LPDDR3 formatli operativ xotira va ichki xotira 32 Gb. Moslama microSD xotira kartalari uchun slotga, shuningdek Wi-Fi, Bluetooth, USB 3.0 TypeC ga ega.

Operatsion tizimi o’rnida Android 6.0.1 ishlatilgan, u maxsus sozlashga ega bo’lib, ilovani oyna rejimda ishlatishga imkon yaratadi.

Bu planshet barcha foydalanuvchilar uchun internet, video tomosha qilish va hujjatlar bilan ishlash uchun ishonchli va do’stona gadget. Lenovo Yoga A12 sotuvga chiqishi 8 fevral kuniga rejalashtirilgan.

Manba: lifehacker.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social