Galaxy S8 va S8 Plus uchun qoplama klaviatura taqdim etildi

Galaxy S8 va S8 Plus uchun qoplama klaviatura taqdim etildi

Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus smartfonlar uchun QWERTY-klaviatura bilan birga, Galaxy Keyboard himoya g’ilofini ishlab chqarish haqida e’lon qildi. Aksessuar smartfon orqali katta hajmli matnlar bilan ishlashni osonlashtirish uchun mo’ljallangan.

Klaviatura ulanganda smartfon avtomatik ravishda uni topadi va ekranni unga moslashtiradi, shunday qilib foydalanuvchiga smartfon bilan qulay ishlash imkoniyatini beradi.

13

Afsuski klaviaturani qoplamasiz o’rnatolmaysiz, lekin har qanday vaqtda klaviaturani orqa tomonga ko’chirib qo’yish mumkin va faqat zarur bo’lganda ishlatish mumkin bo’ladi. Aynan shu bilan Galaxy Keyboard Blackberry smartfonlaridan farq qiladi, chunki ularda klaviatura yechilmaydi.

Mazkur klaviatura na akkumulyator, na simsiz Wi-Fi va Bluetooth modullarini ishlatmaydi. Shuning uchun aksessuar bilan ishlashda smartfon ishiga hech ta’sir qilmaydi. Yangilik $ 59.99 narxda belgilangan.

Manba: 24gadget

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social