Galaxy S9 va S9+  eng baquvvat smartfon

Galaxy S9 va S9+  eng baquvvat smartfon

Samsungning yangi Galaxy S9 va Galaxy S9+ chidamlilik bo’yicha qattiq sinovdan o’tdi. “SquareTrade” sug’urta kompaniyasi yangilangan dizayn va takomillashtirilgan funksionalligi bor yangi mahsulotlarni juda kuchli va mustahkam ekanligini aniqlashga qaror qildi. Avvalroq, Samsung metall qobig’i va Corning Gorilla Glass 5 shishasining qotishmasi oldingi flagmanlarga qaraganda kuchliroq bo’lishini va’da qilgan edi. Sinov jarayonida flaqmanlar balandlikdan tashlanib, shisha idishda aylanib, suvga botirdilar. Smartfonlar shuningdek, ochilish va qayta yig’ish orqali remont qilish uchun baholandi.

031

Tajriba davomida, eng yuqori darajadagi smartfonlarning hech biri, albatta, omon qolmadi, lekin ikkita smartfon yaxshi natijani ko’rsatdi. Xulosa: Samsung Galaxy S9 – 71 ball oldi, Galaxy S9+ esa – 76 ball to’pladi. Ushbu sinovlarda baho qanchalik past bo’lsa, shunchalik smartfon kuchliroq.

Shu bilan birga, Samsungning “to’qqizlari” Galaxy S8 va S8+ va iPhone X dan oshib ketdi. O’z vaqtida ular 76, 77 va 90 ball to’pladi.

Smartfonlarni ta’mirlash, asosan, bukilgan displey tufayli muammoli bo’lib qolmoqda, shuning uchun boshqa smartfonlar bilan bo’lgani kabi, bu qurilmalar bilan ham ehtiyotkor bo’lish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social