Google Glass qo`zoynagiga klaviatura o`ylab topishdi (+video)

Google Glass qo`zoynagiga klaviatura o`ylab topishdi (+video)

AQSh ning Whirlspace startapi GoogleGlass uchun mittilist Minuum klaviaturasini soddalashtirdi.

Whirlspace taklif qilayotgan ma`lumot kiritish usuli juda g`alati tuyulishi mumkin, lekin ko`zoynak bilan gaplashishdan ko`ra kimgadir bu yangi usul ko`proq qulay bo`lishi mumkin. Video so`ngida boshqa kontseptlariniyam tomosha qilishingiz mumkin. Masalan, klaviaturani qo`lga yiriklashtirib tushirish va ko`z qorachig`i orqali harflarni tanlash.

Minuum virtual klaviaturasi o`tgan yilning mart oyida taqdim etilgan edi. Minuum ijodkorlari g`oyasi odatiy bo`lib qolgan QWERTY klaviatura taqsimotidan voz kechish edi. Yangi yarim shaffof klaviaturada harflarning barchasi bir qatorda joylashgan. Maxsus algoritm esa foydalanuvchi terayotgan xarflariga qarab qaysi so`zni termoqchiligini aniqlaydi.

Minuum ning yana bir afzalligidan biri bu uning qulayligida. Tugmalar smartfon yoki planshetlarnikiday yarim ekranni emas, balki juda kam joyni egallaydi. Undan tashqari foydalanuvchi Minuum klaviaturasi katta-kichikligini o`zgartira olishi va u o`zi uchun qulay joyga qo`yib foydalanishi mumkin. Yana bir qo`lay jixati al`ternativ simvollarni (sonlar, smayliklar, tinch belgilari) ishlatish uchun kerakli tugma bosilib turilsa bas.

Video:

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social