Google mikrofoningiz orqali doimiy ravishda ovozingizni yozib kelgan

Google mikrofoningiz orqali doimiy ravishda ovozingizni yozib kelgan

Biz internet tarmog’ida istalgan axborotni topish mumkinigiga ko’nikib qolganmiz. Lekin siz qidiruv tizimlaridagi so’rovlaringiz, shu bilan birga ovozli so’rovlaringizni Google doimiy ravishda yozib ularni internetda saqlab qo’yishi haqida bilarmidingiz?

AdMe.ru sayti xodimlari ushbu funktsiya qanday ishlashi va uni qanday qilib o’chirib qo’yish, shu bilan birga shaxsiy ma’lumotlarni begonalardan qanday saqlash mumkinligi haqida bosh qotirishdi.

Google ovoz yozish tizimi shu tarzda ishlar ekan: qidiruv tizimi siz ovozli tarzda bergan qidiruvlaringizni barchasini yozib olar ekan va bu so’rovlarni o’zida ko’p yillar mobaynida saqlar ekan. Kompaniya buni sir tutmagan, bu haqda Google ning o’nlab varoqdan iborat foydalanuvchining kelishuvi xujjatida aytib o’tilgan. Ushbu qoidalarni xujjat o’zini ishlab chiquvchilardan tashqari biron bir inson o’qimagan bo’lsa kerak.

Agar Siz anchadan buyon ovozli qidiruv tizimi xizmatidan foydalanib kelayotgan bo’lsangiz va mikrofoningizdan foydalanishga ruxsat bergan bo’lsangiz, unda Siz mikrofoningiz orqali amalga oshirgan barcha gaplarni eshitishingiz mumkin.

Bu nima uchun kerak?

111Siz qidirayotgan, gapirayotgan va internetdagi vaqtingizni qanday o’tkazayotganligingiz haqidagi barcha ma’lumot internetni siz uchun ancha “qulay” qiladigan dasturga jo’natiladi.

Eshitilishi juda ham yaxshi. Lekin shu ham esdan chiqarmaslik kerak-ki, internet tarmog’ida turgan har qanday ma’lumot g’ayri maqsadli foydalanuvchilarning qo’liga tushib qolishi mumkin, qolaversa brauzeringizda paydo bo’ladigan reklamalar ham Sizning kiritgan axborotlaringiz asosida shakllanadi.

Ma’lumotni qaerdan topish mumkin?

22Ushbu manba orqali mikrofoningiz orqali yozilgan barcha axborotni topishingiz mumkin. Agar bu yerdan hech narsa topaolmasangiz, demak Siz Google ning ovozli qidiruvidan umuman foydalanmagansiz.

Bu yerda esa, nafaqat ovozli qidiruv, balki qachon va qayerda bo’lib nimalar qidirganingiz haqida ma’lumot olishingiz mukin.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Hm…. kimdir man to’g’rimda nimanidir bilmoqchi bo’lsa, osongina bilib olsa bo’larkan de… Qiziq, buni o’chirib tashlasa bo’ladimi? Kimdir biladimi?

  2. azim

    admeda qanday u4iriw mumkinligi kursatilgankan

  3. Amirxon

    Salom Azim, manga shu manbani jo’natib bera olasizmi iltimos?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social