Google Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlarini namoyish etdi

Google Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlarini namoyish etdi

Bir necha oy tinchlikdan keyin Google kompaniyasi iPhone 8 va iPhone X ga javob berdi.

Bugungi kunda Google o’zining yangi qurilmalarining katta taqdimotini o’tkazdi. Asosiy e’tibor Pixel 2 va Pixel 2 XL smartfonlariga qaratildi.

Har ikki smartfonlar Edge Sense sensorli nazoratga ega bo’ldi va naushniklar uchun 3,5 mm Jack olib tashlandi. “Pixel 2” ko’p jihatdan o’zining avvalgi modeliga o’xshashdir. Uning standard shakli Full HD (1920 × 1080 piksel) 5-dyumli OLED-displey bilan jihozlangan. Qurilmaning o’ng tomonida yangi noodatiy detallar ya’ni yorqin qizil quvvat tugmasi paydo bo’ldi.

Google Pixel 2 ning texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,0 dyum, 1920 × 1080 piksel, OLED.
  • Protsessor: Snapdragon 835.
  • Xotira: 4 GB RAM va 64/128 GB ROM.
  • Batareya: 2,700 mAh.
  • Kamera: asosiy – 12,2 Mp f/1.8, optik mustahkamlash, old kamera – 8 Mp f/2.4.
  • Ranglar: sof oq, qora va ko’k.

Pixel 2 XL smartfoni yanada qiziqarli ko’rinadi, chunki u avvalgi modeldan chuqurroq o’zgarishlar oldi.

Google Pixel 2 XL ning texnik xususiyatlari:

  • Displey: 6.0 dyum, 2880 × 1440 piksel, P-OLED.
  • Protsessor: Snapdragon 835.
  • Xotira: 4 GB RAM va 64/128 GB ROM.
  • Batareya: 3,520 mAh.
  • Kamera: asosiy – 12,2 Mp f/1.8, optik mustahkamlash, old – 8 Mp f/2.4.
  • Ranglar: qora-oq va qora.

768767678687

Ikkala model ham stereodinamik va IP67 standartiga muvofiq chang va namlikdan himoyalangan. Yana bir qiziq xususiyat: smartfon doimo atrof-muhit tovushlarini tinglaydi va to’g’ri maslahatlar beradi. Misol uchun, agar biror joyda musiqa ijro etiladigan bo’lsa, trek nomi va qo’shiqchi nomi ekranda ko’rinadi.

Operatsion tizim Android 8.0 Oreo-dan foydalanadi. Telefonlar uch yil ichida yangilanish uchun qo’llab-quvvatlanadi, shunday qilib Google Pixel egalari hali ham gipotetik Android P o’rnatishlari mumkin.

Google Pixel 2 narxi 64 Gb ichki xotiraga ega bo’lgan versiyaga 649 dollarni tashkil etadi. Huddi shunday xususiyatga ega bo’lgan Pixel 2 XL – 849 dollar turadi. 128 GB hajmdagi model uchun har ikkala holatda ham qo’shimcha 100 dollar berishingiz kerak bo’ladi.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social