“Google”dan yangi texnologiya

“Google”dan yangi texnologiya

Google korporatsiyasi yangi programma ta`minotga patent olgan bo`lib, ushbu programma ta`minoti foydalanuvchining hayotiga va sog`lig`iga ta`sir qiluvchi xavf-xatarlar haqida xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, maxsus analitik servis foydalanuvchining joylashgan turar joyi haqida ma`lumotni oladi, hamda shu hududda bo`lib o`tgan hodisalar haqidagi xabarlarni to`playdi. Shu orqali insonga xavf olib keladigan narsalar haqida ma`lumot yig`ishning bir usuli bo`ladi.

Gadjet mikrofoni o`lchagich sifatida ishlatiladi va mikrofon tashqari shovqinni aniqlab foydalanuvchini ogohlantiradi, masalan to`xtamoqchi bo`lgan mashina tovushi misol bo`lishi mumkin. Bu masalada ushbu ogohlantirish yo`lda quloqda baland musiqa eshitib ketadigan va xech nimaga axamiyat bermaydigan insonga katta yordam bo`lishi mumkin.

Shunday qilib Google o`z ixtirosini shunday izohlab berdi: “Ohirgi vaqtda mul`timedia kontent barcha moslamalarda bor va u keng tarqalgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar undan har vaqtda va har joyda foydalanib turishadi. Ko`pchilik mul`timediani eshitish uchun naushnikdan foydalanadi va bu narsa atrofida nima sodir bo`layotgani haqida kamroq tushunchani berishi mumkin”.

Hozirgi vaqtda, xavf-xatarlar haqida ogohlantiradigan ilova faqatgina qog`ozda mavjud. Google hozircha shunga o`xshash funktsiyasinni Android ga kiritmagan. Balki kiritmasligi ham mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social