Haqiqat yoki Yolg’on: tuni bo’yi zaryadkada turgan iPhone o’lishi mumkinmi?

Haqiqat yoki Yolg’on: tuni bo’yi zaryadkada turgan iPhone o’lishi mumkinmi?

“iPhone ni tunda zaryadkada qoldirish mumkin emas” – bu ilmga qarshi bo’lgan afsona hisoblanar ekan.

Bu batareyaga ta’sir qiladi va moslamani buzishi mumkin. Ushbu afsonani yo’q qilish vaqti keldi.

Kim bu javobni bilsa, ushbu maqolani tekshirish uchun ochgan bo’lsa boshidan aytamiz: butun tun mobaynida iPhone ni zaryad qilish moslamani o’ldirmaydi. Agarda nima uchun shundayligi sizga qiziq bo’lsa o’qishda davom eting.

Aslida hammasi oson. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar qo’ygan zaryad olish limitidan o’tolmaysiz. iPhone da, boshqa zamonaviy gadjetda ham litiy-ion va litiy-polimer akkumulyatorlari ishlatiladi, ular kontrollerga ega u esa 100% zaryadga to’lganda zaryadni o’chiradi.

Boshqa so’zlar bilan aytganda, iPhone ningiz to’liq zaryad olsa, u tashqi zaryad manbaga o’tadi va u orqali ishlaydi.

Ushbu gap to’liq zaryad tugamagan smartfonni zaryad qilishga ham tegishlidir. U akkumulyatorga zarar yetkazmaydi va balki yana foydali bo’lishi ham mumkin. Bo’lmasam gap nimada?

Bilsangiz kerak litiy akkumulyatorlari chegaralangan zaryad davrga ega (iPhoneda 500 marotaba), ammo davr manosi faqat to’liq zaryad davrga tegishli, ya’ni qachon batareya 0 dan 100% zaryad oladi. Agarda siz iPhone ni 90 dan 100% zaryad qilsangiz unda akkumulyatorni bemalol 500 marotaba emas, balki 5000 marotaba zaryad qilishingiz mumkin.

Shuning uchun iPhoningizni xohlagandek zaryad qilishingiz mukin – bu akkumulyatorga zarar yetkazmaydi.

Manba: lifehacker.ru

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Muxlisa

    Nega qizib ketadi iphone unda?

  2. Fazo.tv

    Muxlisa, bunga bir necha omillar sabab bo’lishi mumkin. Masalan, zaryad paytida internetning ishlab turishi, ko’pgina programmalar bir vaqtda ishlab turishi va boshqa omillar telefon qizishiga olib kelishi mumkin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social