HP klaviaturasiz va sichqonchasiz komp`yuterni taqdim etdi (+video)

HP klaviaturasiz va sichqonchasiz komp`yuterni taqdim etdi (+video)

Hewlett Packard personal “Sprout PC” komp`yuterini taqdim etdi. U bilan foydalanish uchun, na klaviatura, na sichqoncha kerak bo`ladi.

Sprout 23 dyuymli monitorga ega. Komp`yuterning yuqori qismidagi ekranda sodir bo`lgan narsani komp`yuter oldidagi kichkina “kovrik” moslamasi boshqaradi. Proektor raqamli retranslyator, Intel dan RealSense 3D tizimdan va LED-yorug`likdan iboratdir.

Tizim “kovrik”ni planshetga aylantiradi, u orqali komp`yuterni boshqarish mumkin. Ushbu “kovrik” stilus orqali, hamda teginish orqali ishlaydi. Proektor kamera oldidan joylashgan uch o`lchovli jihozlarni va kitob matnni skaner qila oladi, keyinchalik ularni komp`yuter orqali to`g`irlash imkoniyati mavjud.

Sprout sotuvga 9-noyabr` kunidan boshlab chiqadi. Windows 8.1 operatsion tizim ostidagi va Intel i7 protsessordagi komp`yuter narhi 1899 dollar miqdorida belgilangan. Sprout ning ichki xotirasi 1 terabaytdan iborat. Shuningdek, komp`yuter 14,6-megapiksellik kamera bilan jihozlangan.

Komp`yuter asosan ijodkor kasb egalari, rassomlar, dizaynerlar va musiqachilar uchun mo`ljallangan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social